Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston oltin sotishni kamaytirgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida aytilgan.
Tashkilot qaydicha, aprel va may oylarida mamlakat xorijga bor-yo‘g‘i 1 tonna oltin eksport qilgan.
Avvalroq Ozodlik O‘zbekiston fevral va mart oylarida chet mamlakatlarga 23 tonna oltin sotib, dunyoda eng ko‘p oltin eksport qilgan mamlakatga aylangani haqida xabar qilgan edi.
O‘zbekiston 2023-yilda ham jami 25 tonna oltin sotgan va shu tariqa eng ko‘p oltin eksport qilgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagandi.