Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Ishsiz migrantlar oilalariga Rossiyaga kirish man etilishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyalik mulozimlar rasmiy ish joyiga ega bo‘lmagan va mohiyatan ishsiz hisoblangan migrantlarning oilasiga mamlakatga kirishni taqiqlashmoqchi. Bu haqda Ozodlikning “Migrant Media” loyihasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi IIV va boshqa tegishli muassasalarga bu masalani o‘rganib, xorijlik ishchilar yaqinlarining Rossiyaga kirishini cheklovchi qonun loyihasi ishlab chiqishni topshirgan.

Rossiya rasmiylariga yaqin ko‘riladigan Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Davlat dumasiga migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilishdan oldin ular zimmasiga rus tili bo‘yicha imtihon topshirish majburiyatini yuklovchi qonun loyihasi kiritib bo‘lingan.

So‘nggi oylarda Rossiyada migrantlarni mamlakatdan badarg‘a qilish zarurligi haqida ko‘p gapirilmoqda. Masalan, Davlat dumasi spikerining o‘rinbosari Petr Tolstoy avvalroq rasmiy ish faoliyati bilan shug‘ullanmayotgan migrantlar sonini qisqartirish uchun “bir kishi keldi — bir kishi ketdi” tamoyilini (ya’ni, agar migrant mamlakatga bir o‘zi kelgan bo‘lsa, bir o‘zi ketadi) joriy qilishni taklif qilgan edi.

Rossiyalik mulozimlarning aksariyati migrantlarga qarshi qonunchilikni qo‘llab-quvvatlashadi va ular orasida juda kamchilik migrantlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga qarshi chiqishadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi yaqinda Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga migrantlarni mamlakatdan badarg‘a qilishga imkon yaratuvchi yana 20 ta modda qo‘shishga oid qonun loyihasini kiritgan.

Garchi bu o‘zgartishlar ekstremistik faoliyat va migratsion qayd tartibini buzish doxil jamoat tartibini buzish va xavfsizlik bilan bog‘liqligi aytilayotgan bo‘lsa-da, huquq faollari arzimagan qonunbuzarliklar uchun migrantlarning deportatsiya qilinishiga imkon yaratuvchi bu tuzatishlarni tanqid qilib chiqishgan.

XS
SM
MD
LG