Линклар

 
Istanbul meri Akram Imomo‘g‘li hibsga olindi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 04:40

Istanbul meri Akram Imomo‘g‘li hibsga olindi


Istanbul shahar hokimi Akram Imomo‘g‘li bilan birga uning yana ikki yordamchisi hibsga olingan.
Istanbul shahar hokimi Akram Imomo‘g‘li bilan birga uning yana ikki yordamchisi hibsga olingan.

Turkiyada Istanbul shahrining muxolifatchi meri Akram Imomo‘g‘lini va uning jamoasi a’zolari – maslahatchisi, Medya AŞ menejeri Murat Ongun va saylovoldi kampaniyasi rahbari Nedjatӣ O‘zkanni – "foyda olish maqsadida jinoiy guruh tuzish" ayblovi bilan hibsga oldi. Bu haqda turk OAV xabar bermoqda.

CNN Turkning ma’lum qilishicha, 100 dan ortiq kishini hibsga olish uchun orderlar berilgan. Sabah gazetasining yozishicha, bir necha jurnalist va biznesmenni hibsga olish kutilmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, order Istanbulning Medya AŞ media-kompaniyasi tenderlari bilan bog‘liq. Kompaniyadan tenderda g‘olib chiqqan 21 ta kompaniya haqidagi hujjatlar so‘ralgan, shuningdek, kompyuterlar musodara qilingan.

Imomo‘g‘li 2019-yil martidan beri Istanbul meri lavozimini egallab keladi. U Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga raqib sifatida ko‘riladi. Imomo‘g‘li muxolifatchi Xalq-Respublika partiyasi (CHP) dan praymerizda yagona nomzod bo‘lgan.

AFP agentligi siyosatchining yordamchisiga tayanib xabar berishicha, Akram Imomo‘g‘li hozirda politsiyaning bosh qarorgohida saqlanmoqda. Avvalroq merning uyida tintuv o‘tkazilgan.

Imomo‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, politsiya "millat irodasini uzurpatsiya qilishga" urinmoqda va bu maqsadda xavfsizlik kuchlaridan foydalanmoqchi.

"Biz ulkan zulmga duch keldik. Lekin bilsangiz, men taslim bo‘lmayman", – dedi u o‘zining videomurojaatida.

XS
SM
MD
LG