Линклар

 
Istanbulda AQSH va Rossiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:43

Istanbulda AQSH va Rossiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi


AQSHning Rossiyadagi elchixonasi binosi (arxiv surati)
AQSHning Rossiyadagi elchixonasi binosi (arxiv surati)

Turkiyaning Istanbul shahrida 27-fevral kuni AQSH va Rossiyaning elchixonalar faoliyatini tiklashga doir muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Guvohlar qaydicha, muzokaralar 6,5 soatcha davom etgan. Tomonlar matbuot uchun bayonot berishmagan − bunday tadbir rejalanmagan edi. Muzokaralar mazmun-mohiyati haqida hali hech qanday tafsilot yo‘q.

Uchrashuv boshlanishi oldidan “kun tartibida kadrlar ta’minoti, vizalar, diplomatik bank operatsiyalari va boqsha operatsion masalalar” borligi aytilgan – bu haqda Reuters agentligiga AQSH Davlat departamenti vakili bildirgan.

“Ukraina masalasini muhokama qilish rejalanmagan, siyosat va xavfsizlik masalalarini ham”, deya urg‘ulagan u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Istanbuldagi uchrashuvda Moskva va Vashingtondagi elchixonalar hamda Rossiyaning Nyu-York va Xyustondagi konsulxonalari faoliyati muhokama qilinishini qayd etgan. Uning aytishicha, muzokaralar yakuniga ko‘ra “biz qanchalik tez va samarali ilgarilashimiz mumkinligi ma’lum bo‘ladi”.

Lavrov muhokamada “yuqori darajadagi diplomatlar, ekspertlar” ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda o‘z mamlakatlari delegatsiyalariga AQSH tomonidan Davlat kotibi o‘rinbosari Sonata Koulter, Rossiya tomonidan esa TIV Shimoliy Atlantika departamenti direktori Aleksandr Darchiyev rahbarlik qilgan. Darchiyev Rossiyaning AQSHdagi elchisi lavozimiga nomzod ekani aytilgan.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSH va Rossiya Moskva va Vashingtondagi elchixonalar shtatini tiklash haqida kelishuvga erishgani haqida ma’lum qilgan edi. 2016-yildan buyon har ikki mamlakat o‘zaro yuzlab diplomatni badarg‘a qilgan edi. Hozirda ikkala mamlakat elchixonalari va konsulxonalari cheklangan tartibda ish olib borishmoqda.

XS
SM
MD
LG