Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:13

Istanbuldan kelayotgan Qanot Sharq uchog‘ida nosozlik kuzatildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab HH572 qatnovini amalga oshirayotgan Qanot Sharq xususiy aviashirkatining Airbus A-320-214 uchog‘i 26-avgust oqshomida texnik sabablarga ko‘ra Turkiyaning Amasiya viloyatidagi Merzifon aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bu haqda aviashirkat matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Turk nashrlari xabarlariga ko‘ra, bortida 152 kishi bo‘lgan uchoq salonda bosim pasayib ketgani tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Aviashirkat qaydicha, hodisa chog‘ida yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlangan emas.

Qanot Sharq vakillari yo‘lovchilarni olib kelish uchun Turkiyaga zaxira uchog‘i yo‘llanganini bildirishgan. Aviashirkat ma’lumotiga muvofiq, Merzifonda qolib ketgan yo‘lovchilar 27-avgust tongida Samarqandga olib kelingan. Aviashirkat vakillari mazkur holat kimningdir rejasini buzganidan afsusda ekanlarini, biroq hammasi muvaffaqiyatli tugaganidan mamnunliklarini qayd etishgan.

Bu orada Qanot Sharq joriy yilning 27-avgust kuni Samarqand – Sankt-Peterburg (HH741 reysi) va Sankt-Peterburg – Samarqand (HH742 reysi), shuningdek, Namangan – Sankt-Peterburg (HH743 reysi) va Sankt-Peterburg – Namangan (HH744 reysi) texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinishini bildirgan.

Aviashirkat yo‘lovchilarga chipta uchun to‘langan pullar 100 foiz qaytarilishini va’da qilib, yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

XS
SM
MD
LG