Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Janubiy Koreya prezidenti uch kunlik tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi


Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol (arxiv surati)
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol (arxiv surati)

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy Koreya yetakchisi O‘zbekistonga prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan kelmoqda.

Qayd etilishicha, mezbon va mehmon prezidentlarning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarida O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qo‘shma dasturlar muhokama qilinadi”, deyilgan xabarnomada.

Oliy darajadagi muzokaralarda mintaqaviy, shu jumladan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalangan hamda sammit yakunlari bo‘yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrifning ishbilarmonlikka oid dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol qo‘shma biznes forumida ishtirok etishadi.

Safar dasturi doirasida Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurishi ham kutilmoqda.

Yun Sok Yol O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi uch mamlakat bo‘ylab bir haftalik safari doirasida kelmoqda. Mazkur tashrif doirasida Janubiy Koreya prezidenti 10-11-iyun kunlari Turkmanistonda, 11-13-iyun kunlari esa Qozog‘istonda bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG