Линклар

 
Jizzaxda qalbaki dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:35

Jizzaxda qalbaki dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jizzax viloyatida qalbaki 51 ming AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Holat departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ikki fuqaro S.G.ga 100 dollarlik kupyuradagi jami 51 ming qalbaki AQSH dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 million so‘mni jami 93 million so‘mga sotishga kelishishgan. Ular kelishilgan summadan 39,2 million so‘mni plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingani holda, ishga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qalbaki dollar va yevroni muomalaga kiritishga doir bir qator holatlar aniqlangan.

O‘tgan yil dekabrda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir milliard so‘m qalbaki pulni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingani haqida ma’lum qilishgan edi.

XS
SM
MD
LG