Линклар

 
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 14:46

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi


Alisher Ro‘zioxunov
Alisher Ro‘zioxunov

O‘zbekistonning iqtidorli yosh jurnalistlaridan bo‘lgan Alisher Ro‘zioxunov 26-fevral kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda uning do‘sti va hamkasbi Ilyos Safarov Telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Alisher Ro‘zioxunovdan ajralib qoldik. U mening Toshkentga kelib topgan eng yaqin insonlarimdan biri, ko‘pchilik faoliyatiga, bilimiga havas qiladigan salohiyatli jurnalist edi”, deb yozdi Ilyos Safarov.

32 yoshli jurnalistning o‘limiga qand kasali sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Alisher Ro‘zioxunov Kun.uz, Gazeta.uz, Bugun.uz kabi internet nashrlarida faoliyat yuritgan.

Iqtidorli va qalami o‘tkir jurnalist Alisher Ro‘zioxunov faoliyati davomida davlat va jamiyat rivoji yo‘lida yuzlab ijodiy materiallar tayyorlagan”, deya marhum ijodkorga ta’rif berdi u bir necha yil faoliyat yuritgan Kun.uz tahririyati.

Hamkasblariga ko‘ra, Alisher Ro‘zioxunov bir muddat avval jurnalistikadan ketgan edi. Ammo uning o‘zi Feysbuk sahifasida qoldirgan postida jurnalistikadan ketmagani, balki tanaffus olganini bildirgandi.

Alisher Ro‘zioxunov 2018-yili Ozodlikning Pragadagi qarorgohida mehmon bo‘lgan edi. U tahririyatimizning O‘zbekistonda matbuot erkinligi mavzusida uyushtirgan suhbatida ham qatnashgan.

Marhum jurnalistning janozasi 27-fevral kuni ertalab Andijonda o‘qilishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG