Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:41

Kamida 41 ming jasad. Isroilning G‘azodagi vayronkor urushi raqamlarda


Falastinlik bolakay.
Falastinlik bolakay.

Isroil HAMAS hujumiga javoban G‘azo bo‘lgasida urush boshlaganidan beri o‘tgan bir yil mobaynida ushbu mojaro aksari tinch aholi bo‘lgan 41 mingdan ziyod falastinlikning yostig‘ini quritdi va katta ko‘lamdagi vayronagarchilikka olib keldi.

Bir yil muqaddam Isroil G‘azo bo‘lgasida yangi tarixdagi eng qirg‘inbarot va vayronkor harbiy kampaniyalardan birini boshladi.

Mazkur kampaniya – G‘azo bo‘lgasini nazorat qilib turgan, AQSH va YIda terrorchi tashkilot deb topilgan HAMAS guruhining Isroilga qonli hujumi ortidan boshlandi.

Isroilning HAMASni yo‘q qilishga intilishi bo‘lgada tinch aholining katta talafot ko‘rishiga va infratuzilma vayron bo‘lishiga olib keldi.

Яқин Шарқ ва Украина уруши: Ғазо яна бомбардимон қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

QURBONLAR

7-oktyabr kuni HAMAS G‘azo bo‘lgasidan Isroilga hujum qildi. Isroil hukumati bayonotiga ko‘ra, 1139 kishi, jumladan 685 nafar isroillik va 71 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan.

HAMAS a’zolari, shuningdek 251 isroillikni garovga oldilar. O‘tgan vaqt davomida ulardan qariyb yarmi ozod qilindi: ayrimlari qutqarildi, ayrimlarini HAMAS qo‘yib yubordi. G‘azo bo‘lgasida hanuz 100 dan ortiq kishi garovda qolmoqda deb hisoblanadi, qolganlar esa o‘lgan degan taxmin bor. Garovga olinganlarning bir qismi Isroilning havo hujumlari chog‘ida nobud bo‘lgan.

Isroil ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bir necha hafta bombalanganidan so‘ng bo‘lgaga quruqlikdan bostirib kirish asnosida 346 nafar isroillik harbiy halok bo‘lgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi esa 7-oktyabrdan beri ushbu hududlarda 41 mingdan ziyod falastinlik o‘ldirilganini bildirdi.

Ularning aksari tinch fuqarolar edi, asosan bolalar qurbon bo‘ldi, deb ishoniladi, zero G‘azoda yashovchi ikki million aholining salkam yarmi bolalardir.

БМТ қочқинлар ишлари бўйича агентлиги Ғазодан ходимларининг бир қисмини олиб чиқиб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk apreldagi bayonotida “G‘azo bo‘lgasida har 10 daqiqada bir bola o‘ldirilmoqda yoki yarador qilinmoqda”, degan edi. Mulozimga ko‘ra, “bolalar ushbu urushda bemisl tovon to‘lashyapti”.

Qurbonlar soni aslida ancha ko‘p, degan fikr bor. BMT ma’lumotiga qaraganda, G‘azo bo‘lgasidagi hamon 10 mingdan ziyod odam xarobalar tagida ko‘milgan holda qolayotir.

Falastin hududlari sog‘liqni saqlash vazirligi bosib olingan G‘arbiy sohilda ham 700 dan ortiq falastinlik, shu jumladan 150 nafar bola halok bo‘lgani haqida axborot bergan.

Isroil harbiylari qirg‘in qurollarini noqonuniy qo‘llashda, xususan yaqqol tahdid tug‘dirmagan falastinliklarni qasddan o‘ldirishda ayblanmoqda.

Isroil G‘azo bo‘lgasida HAMASning 17 ming askarini yo‘q qilganini aytadi, ammo HAMAS bu raqamni inkor qilmoqda.

АҚШ Исроилни Ғазонинг тинч аҳолисини ҳимоя қилишга чақирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:59 0:00

YARADORLAR

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) qaydlariga ko‘ra, Isroilning quruqlik va havodan yo‘llagan zarbalari natijasida G‘azo bo‘lgasida 95 mingdan ko‘proq falastinlik yaralangan.

Ularning kamida chorak qismi turmush sifatini o‘zgartiruvchi jarohatlar olgan: yaradorlar orasida oyog‘i yoki qo‘li kesib tashlanishi kerak bo‘lganlar, jiddiy reabilitatsiyaga muhtoj kishilar ko‘p.

O‘LDIRILGAN JURNALISTLAR VA GUMANITAR XODIMLAR

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) ma’lum qilishicha, G‘azoda kamida 116 nafar jurnalist va qutqaruvchi o‘ldirilgan.

Kamida besh reportyor Isroil harbiylarining to‘g‘ridan to‘g‘ri hamlasiga uchraganki, CPJ buni qotillik deya baholaydi.

Ushbu ma’lumotlar Isroilning G‘azodagi urushini jurnalistlar uchun eng halokatli mojaroga aylantirdi.

Dala sharoitida faoliyat olib borayotgan gumanitar xizmatchilar ham o‘ldirildi. BMT qayd etishicha, mojaro chog‘ida gumanitar tashkilotlarning 250 dan ziyod xodimi halok bo‘lgan.

Ғазо Исроил қуршовида
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:16 0:00

G‘AZODAGI OCHARCHILIK

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoda oziq-ovqat tanqislashgani tufayli qariyb butun aholi ocharchilikda qolayotir.

Isroil tinch aholini och qoldirishni urush quroli o‘laroq qo‘llamoqdaki, bu harbiy jinoyatdir, deya bayonot bergan edi dekabr oyida Human Rights Watch xalqaro inson haqlari tashkiloti.

ICHKI QOCHQINLAR

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil oxirida G‘azo aholisining 85 foizdan ko‘prog‘i yoki taxminan 1,9 million kishi anklav doirasida ko‘chishga majbur bo‘lgan.

INFRATUZILMANING VAYRON BO‘LISHI

BMTning ma’lum qilishicha, Isroil G‘azo bo‘lgasidagi inshootlarning yarmidan ko‘pini xarobaga aylantirgan. Yana 360 mingta turar-joy binolariga shikast yetgan.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari mojaro boshlanganidan beri kamida 53 ta maktab vayron etilganini ko‘rsatmoqda, deyiladi tashkilot axborotida.

Isroil esa o‘z nishonlari G‘azodagi “terroristik” infratuzilma va binolar ekanini iddao qilib, HAMASni tinch aholi ortiga yashirinishda ayblaydi.

XS
SM
MD
LG