Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:44

"Kampirobod ishi": Prokuror ayblanuvchilarga 20 yil qamoq jazosi so‘ramoqda


“Kampirobod ishi” bo‘yicha ayblanuvchilar sud zalida.
“Kampirobod ishi” bo‘yicha ayblanuvchilar sud zalida.

“Kampirobod ishi” bo‘yicha mahkamada davlat ayblovchisi suddan ayblanuvchilarni mol-mulklarini musodara qilgan holda 20 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Bu haqda 10-iyun kuni Ozodlik qirg‘iz xizmatiga ayblanuvchilardan biri, huquq faoli Rita Qarasartova ma’lum qildi.

Bishkekning Birinchi may tumani sudi va prokuratura ushbu axborot yuzasidan izoh bergan emas. Chunki “Kampirobod ishi” bo‘yicha sud muhokamasi yopiq tartibda o‘tkazilmoqda va ayni paytda to‘liq ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, may oyi oxirlarida mahkama ish bo‘yicha ayblanuvchilarni so‘roq qilishni boshlagani xabar qilingan edi. Ishdagi figurantlardan biri, siyosatchi Ravshan Jeenbekov ishni ko‘rayotgan sudya Marat Sidiqov prokurorlar ayblov xulosasini to‘liq o‘qib eshittirmasdan gumonlanuvchilarni so‘roq qilishga kirishganini va bu qonunga zidligini aytgan edi.

Қирғизистон Кампиробод сув омборини Ўзбекистонга "бериб юборди"ми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:36 0:00

Kampirobod suv ombori hududidagi yerlar O‘zbekistonga berilganidan norozilik bildirgan qator faollar, siyosatchilar va huquq himoyachilari 2022-yil oktyabrda ushlangan. Mazkur ish bo‘yicha jami 27 kishi qamoqqa olingan. Barcha gumonlanuvchilarga “ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ayrim figurantlar esa “hokimiyatni kuch bilan bosib olish”ga tayyorlanganlikda ham ayblanmoqda.

Bir necha oydan so‘ng sud ayblanuvchilardanbir qismini ozod qilib, uy qamog‘iga oldi. Biroq Ravshan Jeenbekov, Azimbek Beknazarov, Jenish Moldokmatov, Aydanbek Aqmatov, Marat Bayazov, Aybek Buzurmanqulov, Ilgiz Shamenov va Temir Mahmudov kabilar hanuz tergov hibsonasida saqlanmoqda.

“Кампиробод”ни Ўзбекистонга бермаслик ҳаракатини бошлаган сиёсатчилар қўлга олинмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:26 0:00

“Kampirobod ishi” bo‘yicha tergov salkam sakkiz oy davom etdi, 2023-yil iyunda ish materiallari Bishkek shahrining Birinchi may tumani sudiga o‘tkazildi. IIV jinoyat ishiga “maxfiy” muhrini bosgani sababli mahkama jarayoni yopiq tartibda o‘tkazilmoqda.

O‘z navbatida, ish bo‘yicha ayblanuvchilar o‘zlariga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etib, sud tinglovi ochiq bo‘lishini talab qilishayotir. Ular mazkur jinoyat ishini siyosiy ta’qib deb atashmoqda.

XS
SM
MD
LG