Линклар

Шошилинч хабар
19 декабр 2024, Тошкент вақти: 09:03

Kiyevga borgan Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik taklif qildi


Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Kiev, 3 -fevral, 2022.
Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Kiev, 3 -fevral, 2022.

Prezident Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Ukrainaga tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Kiyev va Moskva o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik taklifini olqishladi.

Reuters agentligining xabar berishicha, Erdo‘g‘on bu borada qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini aytgan.

Anqara Kiyevdagi uchrashuvdan so‘ng keskinlik pasayishini kutmoqda. Kiyevdagi muzokaralar chog‘ida hozirning o‘zida ukrain qurolli kuchlari ega bo‘lgan turk harbiy dronlarini Ukrainada ishlab chiqarish hamda erkin savdo to‘g‘risidagi bitim va yana qator kelishuvlar imzolangan.

G‘arb davlatlari Ukraina chegarasi yaqinida 100 000 dan ortiq rus askarlari to‘planganidan xavotirda, ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirish rejalarini rad etib keladi. Shu bilan birga, G‘arbdan keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini ham talab qilmoqda.

Erdo‘g‘onning safari NATOga a’zo Britaniya, Polsha va Niderlandiya rahbarlarining ziddiyatli vaziyatda Kiyevga tashrifidan so‘ng amalga oshirildi. Turkiya Kiyev va Moskva bilan iliq munosabatlarga ega, biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, NATO a’zosi sifatida kerakli ishni qilishini aytdi.

Anqara noyabr oyida keskinlikni yumshatishga yordam berishni taklif qilgan. O‘tgan oy turk diplomatik manbalari Rossiya va Ukraina bu taklifga xayrixoh ekanini ma’lum qigan.

Anonimlik sharti bilan gapirgan Turk rasmiysiga ko‘ra, Erdo‘g‘on har ikki tomonni vazminlikka chaqiradi va Anqara «juda muhim» bo‘lgan har ikkala davlat bilan hamkorlikni davom ettirishni istaydi.

«Turkiyaning yondashuvi mojaroda bir tomonni tanlash yoki biror davlatga qarshi turish emas. Erdog‘onning tashabbusi taranglikning yumshatishiga umid qilamiz» ,- deydi rasmiy vakil.

Turkiya Qora dengizda Ukraina va Rossiya bilan chegaradosh. Erdo‘g‘on mintaqadagi mojaroni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi va Rossiyani ehtimoliy bosqin mulohazasizlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Rossiya bilan mudofaa va energetika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yganiga qaramay, Turkiya Moskvaning Suriya va Liviyadagi siyosatiga, shu bilan bir qatorda 2014 - yilda Qrimni qo‘shib olishiga qarshi chiqqan edi. Turkiya Ukrainaga murakkab uchuvchisiz dronlarni yetkazib berib, Kiyev yaqinida bunday qurilmalarni ko‘proq ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu tabiiyki Rossiyaga yoqmaydi.

Qora dengiz bo‘yida joylashgan Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2021 - yilda 7 milliard dollarni, Ukraina eksporti esa 4,1 milliard dollarni tashkil qildi. Ukrainaning Turkiyaga eksportining 70% don va metallurgiya mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan.

Ikki tomon o‘rtasidagi erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralar don va metallurgiya savdosidagi kelishmovchiliklar tufayli qariyb o‘n yilga cho‘zildi.

XS
SM
MD
LG