Линклар

Шошилинч хабар
10 январ 2025, Тошкент вақти: 12:57

Kobuldagi portlashda Tolibon hukumati vaziri Haqqoniy halok bo‘ldi


Xalil Haqqoniy
Xalil Haqqoniy

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazida 11-dekabr kuni sodir bo‘lgan portlash oqibatida “Tolibon” harakati (qator davlatlarda terror tashkiloti deb tan olingan) tomonidan shakllantirilgan hukumatning qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri vazifasini bajanuvchi Xalil Haqqoniy halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press va Reuters agentliklari xabar qilishdi.

Qochqinlar ishlari bo‘yicha vazirlik binosidagi portlashni xudkush terrorchi amalga oshirgan. U yerda Haqqoniy bilan birgalikda yana olti kishi qurbon bo‘lgan. “Tolibon” vakili mulozim “Islom davlati” guruhi jangarilari tomonidan o‘ldirilganini bildirgan. IDning o‘zi sodir bo‘lgan voqea yuzasidan izoh bergan emas.

Xalil Haqqoniy ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniyning amakisidir. Xalil va Sirojiddin Haqqoniy toliblarning eng radikal qanoti bo‘lgan “Haqqoniy tarmog‘i”ni tamsil etishadi. Toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin “Haqqoniy tarmog‘i” Kobulni qo‘riqlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Qo‘shma Shtatlar bu tarmoqni AQSHning Kobuldagi elchixonasiga hujum va boshqa terror xurujlari uchun mas’ul deb hisoblaydi. Sirojiddin va Xalil Haqqoniy AQSH rasmiylari tomonidan qidiruvga berilgan. 2024-yilda AQSH Davlat departamenti Sirojiddin Haqqoniyni hibsga olishga imkon yaratadigan ma’lumot uchun 10 million dollar, AQSH Moliya vazirligi esa Xalil Haqqoniyga oid ma’lumot uchun 5 million dollar miqdorida mukofot puli berilishini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG