Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:58

Kreml saylovda Putinga 85 foiz ovoz yig‘ib bermoqchi. Bunga qanday erishadi?


Checheniston poytaxti Grozniydagi saylovoldi namoyishi.
Checheniston poytaxti Grozniydagi saylovoldi namoyishi.

Rossiya hukumati 15–17-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan saylovda prezident Vladimir Putin 85 foiz ovoz olishini ta’minlamoqchi. Bu vazifa qanday bajarilishi internetga sizdirilgan hujjatda batafsil bayon qilingan.

O‘tgan hafta oxirida Astraxan neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati ishchilarga 15–17-mart kunlari Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish bo‘yicha yo‘riqnoma varaqalari tarqatgan. Bu haqda “Ostorojno, novosti” telegram-kanali xabar berdi.

NQIZda jami besh ming kishi ishlaydi. Yo‘riqnomaga ko‘ra, ularga havolasi bor matnli xabar yuboriladi, xabar saylov uchastkasiga borgandan so‘ng ochilishi kerak. Havolaga kirilganda dastur telefon geolokatsiyasini aniqlab, korxona rahbariyatiga ushbu raqam egasi ovoz bergani haqida xabar jo‘natadi. SMS olmagan xodimlarga esa “saylov uchastkasidagi odam” ko‘rsatgan QR-kodni skanerlash buyuriladi.

Rossiyada taqiqlangan mustaqil “Golos” harakati (saylovlarni monitoring qiluvchi guruh) ma’lumotiga ko‘ra, iqtidordagi “Yedinaya Rossiya” partiyasi byudjet sohalaridagi saylovchilar, ya’ni tibbiyotchilar, o‘qituvchilar va davlat korxonalari xodimlarining “saylovga borishini nazorat qilish” maqsadida “GEO-SMS” nomli loyiha yaratgan.

Saylovga ko‘proq odam kelishi uchun geolokatsiyani aniqlovchi dasturiy ta’minotdan foydalanish – Vladimir Putin beshinchi muddatga prezidentlikda qolishni ko‘zlayotgan mazkur saylovda yangilik bo‘ladi. Bu “kashfiyot”ga doir hujjat o‘tgan oy tarmoqqa sizdirildi, aniqrog‘i uni Moskvaning Lomonosov tumani ma’muriyati sobiq rahbari, hozirda chet elda yashayotgan muxolifatchi Olga Sidelnikova o‘z Telegram’ida e’lon qildi.

Hujjatni taxminan 1,5 mln aholi yashaydigan Udmurtiston regioni uchun Kreml tomonidan ishlab chiqilgan saylovoldi strategiyasi taqdimoti, deyish mumkin. Sidelnikova hujjatni qanday qilib qo‘lga kiritganini ochiqlashdan bosh tortgan bo‘lsa-da, asl nusxa o‘zida saqlanayotganini va uning haqiqiyligiga shubha qilmasligini ta’kidladi.

38 sahifadan iborat slaydlar to‘plami Rossiyada “saylovlar” nimaligini tushuntiradi, deb yozadi Sidelnikova. “Butun mamlakatdan kelayotgan ma’lumotlar, xususan, astraxancha hisob berish usullari saylov qolgan hududlarda ham hujjatda belgilangan tarzda o‘tishiga shubha qoldirmaydi”, deya qo‘shimcha qildi muxolifatchi.

Udmurtistonlik siyosiy texnolog Sergey Antonov fikricha, Sidelnikova yoyinlagan hujjat chinakam hujjat bo‘lib, uning analoglari Rossiyaning barcha regionlariga jo‘natilgan.

“Juma (15-mart) kuni soat 14:00 gacha barcha byudjet xodimlari maxsus ilovadan faol geolokatsiyali xabarnoma yo‘llashlari lozim. Bu yangi texnologiya. Tizim saylovdan saylovga sayqallanib boryapti”, deydi Antonov.

“Hukumat avvalo odamlar saylov uchastkalariga borishini istaydi”

Kuzatuv guruhlari va Kreml tanqidchilariga ko‘ra, Putin davrida saylovlar hech qachon halol o‘tmagan, chunki davlat politsiya va sudlardan tortib, sayov komissiyalari, OAVlar va mahalliy boshqaruv organlarigacha – barcha resurslarni nazorat qiladi. Biroq Rossiyaning Ukrainaga bosqini hamda o‘zgacha fikrlovchilar butkul bo‘g‘ib tashlanishi manzarasida kechayotgan ushbu kampaniya Putinning 25 yillik boshqaruv davridagi eng raqobatsiz va lanj saylov bo‘lajak.

OAV xabarlari va mulozimlarning gap-so‘zlariga qaralsa, Kreml saylovda qatnashganlar hissasini kamida 70 foizga chiqarishga va Putinga 80-85 foiz ovoz yig‘ib berishga qattiq bel bog‘lagan. Tahlilchilar Putin odamlarni yoppasiga saylovga haydash orqali o‘z legitimligini oshirishni, shuningdek Ukrainaga qarshi urush va G‘arb bilan konfrontatsiya aholi tarafidan go‘yoki mutlaq dastaklanayotganini namoyish qilmoqchi ekanini aytadilar.

Sidelnikova nazarida, saylovchilarning ko‘p qismi ovoz berish uchun kelishini ta’minlash hanuz hukumatning “zaif joyi” bo‘lib qolayotir.

“So‘nggi yillardagi kashfiyotlar – mustaqil kuzatuvning yo‘q qilinishi, MEO (masofaviy elektron ovoz berish) joriy etilishi, markaziy va hududiy saylov komissiyalarining tizginlanishi ularning ishini ancha yengillashtirdi. Biroq odamlarni saylov uchastkalariga keltirish, ya’ni saylovchilar ishtirokini ta’minlash oson emas, baribir. Bu hanuz ularning zaif joyi bo‘lib qolmoqda”, deydi sobiq mulozima Ozodlikka bergan izohida.

“Odamlar o‘z oyoqlari bilan uchastkalarga borishi ularga hamon zarur, – fikrini davom ettiradi u. – Eng avvalo, saylovga kelganlar sonini oshirib olishadi, undan keyin – mustaqil kuzatuv yo‘qligidan va saylov komissiyalari jilovlanganidan foydalanib, natijalarni bir zumda tuzatib qo‘yishadi, vassalom”.

Ichki ma’lumotlarga qaraganda, Sidelnikovaning qo‘liga tushgan hujjat Udmurtiston mulozimlariga eng kechi 2023-yil iyunda yuborilgan va bu vaqtda, aftidan, Kreml prezident saylovi kampaniyasini rejalashga bor kuchi bilan kirishgan bo‘lgan. Hujjatda Udmurtistonda har saylovda saylovchilarning taxminan 55 foizi ovoz berishda ishtirok etayotgani va bu ko‘rsatkichni rejadagi 80 foizga yetkazish lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan.

“Эримни Путин ўлдирди”- Юлия Навальная
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:00 0:00

Hujjat geolokatsiyani aniqlovchi ilovadan foydalanishdan tashqari, “Yedinaya Rossiya” partiyasi bo‘limlari hamda munitsipal ma’muriyatlar va mahalliy deputatlar orqali saylovchilarni “safarbar qilish”ga chaqiradi. Munitsipal ma’muriyatlarga esa saylovchilarning kelishini uchastka saylov komissiyalaridagi “o‘z vakillari orqali nazorat qilish”ga ko‘rsatma berilgan.

Antonovga ko‘ra, “Yedinaya Rossiya” partiyasi “o‘z ma’muriy resurslari, sohaviy safarbarlik, turli konkurslar va vatanparvarlik ruhidagi loyihalar yordamida odamlarni saylovga jalb qilmoqchi”.

Biroq, uning fikricha, bunaqa rejalarni amalga oshirishga quyi bo‘g‘inlarda entuziazm yetishmasligi xalal beradi.

“Biron bir rejani amalda ro‘yobga chiqarishga kelganda partiyaning joylardagi shu’balarida allaqachon hech bir ish qilmay qo‘ygan yoki majburan lavozimga qo‘yilgan noshud odamlar o‘tirgani ma’lum bo‘lib qoladi”, deydi ekspert.

“Tozalash” loyihasi

Sizdirilgan hujjatda Kremlning “jamoatchilik fikrini nazorat qilish”ga qaratilgan chora-tadbirlari ham batafsil aks etgan. Xususan, unda aytilishicha, Putinning saylovoldi shtabi negativ axborotni nazorat qilish va muxolifat tashabbuslarini obro‘sizlantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi chatlar va munozara guruhlarini uzluksiz monitoring qiladi.

Hujjatda “foydali kontentni suratga olish va montaj qilish”, “yuzaga kelajak norozilik aksiyalarini bartaraf etish”, “aksilkontent yaratish va tarqatish”, “memlar, feyklar, longridlar, surishtiruv roliklari tayyorlash va tarqatish” kabi bandlar ham bor. Shuningdek, internetdagi barcha “muxolifat targ‘ibot-propaganda materiallari”ni topish va “tezkorlik bilan tozalash”ni nazarda tutuvchi “Tozalash” nomli maxsus loyiha ham mavjud.

Qolaversa, hukumat sodiq faollar orasidan “mustaqil” kuzatuvchilarni tanlab olib, ulardan “jamoatchilikning hududiy o‘zini o‘zi boshqarish organlari” nomli jamoalar tuzmoqda.

Antonov “soxta jamoatchilikning soxta kuzatuvchilari” deb ta’riflagan bu odamlar soni 4500 nafan bo‘lib, ular hududlarga taqsimlanadi.

“Ularning vazifasi – “feyklar” ijod qilish va “provokatsiyalar”ga yo‘l qo‘ymaslik. Ya’ni, ular doim hech qanaqa qonunbuzarlik bo‘lmadi, deb turishi, zarur bo‘lganda intervyu berib, yana shu gapni takrorlashi kerak. Ularni shunga o‘rgatishgan. Masalan, Udmurtiston rahbari saylovida (2022-yil sentabrda) ular bitta ham qonunbuzarlikni “topa olishmagandi”, deydi Ozodlik suhbatdoshi.

МАХСУС ДАСТУР: Ўзбекистонда президент Мирзиёев муддатини узайтирадиган сайлов бўлиб ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:07:46 0:00

Hujjatga ko‘ra, Putinning Udmurtistondagi saylovoldi kampaniyasiga respublika rahbari, ayni chog‘da 2020-yil iyundan beri “Yedinaya Rossiya”ning hududiy bo‘limini ham boshqarayotgan Aleksandr Brechalov shaxsan boshchilik qiladi. Administratsiyadagi muovini Aleksandr Juravlyov saylovoldi kampaniyasida o‘rindoshlik asosida uning “tashkiliy ishlarga bo‘yicha” muovini bo‘ladi. Qolgan ikki o‘rinbosar ham begona emas: biri – Brechalovning moliyaviy sohaga mas’ul muovini Roman Yefimov bo‘lsa, ikkinchisi – viloyat saylov komissiyasi raisi Svetlana Palchik.

Antonov aytishicha, sizdirilgan hujjatda ko‘rsatilgan saylov shtabi tuzilmasi “amalda Udmurtiston hukumati tuzilmasini takrorlaydi”.

“Putin Rossiyasida saylov o‘z ma’nosini uzil-kesil yo‘qotdi. Endi u, SSSR davridagidek, muqobilsiz va yagona nomzod bilan o‘tkaziladi”, xulosalaydi ekspert.

XS
SM
MD
LG