Линклар

 
Latviya YIni rossiyaliklarga turizm vizalarini bermaslikka chaqirdi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:50

Latviya YIni rossiyaliklarga turizm vizalarini bermaslikka chaqirdi


Latviya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari
Latviya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari

Latviya ichki ishlar vaziri Rixard Kozlovskis Yevropa Ittifoqi davlatlariga Rossiya fuqarolari uchun shengen turizm vizalarini berishni to‘xtatishni taklif qildi. U 6-mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan YI adliya va ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida shunday bayonot bilan chiqdi.

Kozlovskis o‘z taklifini Rossiya Yevropaga qarshi “gibrid urush” olib borayotgani va bu Yevropa xavfsizligiga tahdid solayotgani bilan izohladi. U buni chegaradan noqonuniy o‘tish holatlari, sabotajlar, jumladan, Okupatsiya muzeyining yoqib yuborilishi, dronlar uchishi va axborot ta’siriga urinishlar bilan misol keltirdi.

Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiya fuqarolariga 565 069 shengen vizasi berilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 25% ko‘proq. Hujjatlarning 90% turizm maqsadida rasmiylashtirilgan. Rossiyaliklarga berilgan vizalar umumiy shengen vizalarining 5,7% qismini tashkil qilgan.

Vazir ta’kidlashicha, Latviya rossiyaliklarga turizm viza berishni 2022-yilda, Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng to‘xtatgan. Hozirda mamlakat faqatgina insonparvarlik sabablari asosida viza beradi. Bunday choralarni Estoniya, Litva, Polsha va Chexiya ham qo‘llagan.

YI ichki ishlar bo‘yicha komissiya rahbari Magnus Bruner vaziyatdan tashvishda ekanini bildirib, Yevroittifoq davlatlarini rossiyaliklarga viza berish masalasida yagona pozitsiya ishlab chiqishga chaqirdi. Viza berish bo‘yicha ehtimoliy cheklovlar ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG