Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 06:56

“Levada-sentr” so‘rovi: Rossiyaliklarning qariyb yarmi urush foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi, degan fikrda


Novosibirskdagi qabristonlardan biridagi Ukraina urushida halok bo‘lganlarning qabrlari (arxiv surati)
Novosibirskdagi qabristonlardan biridagi Ukraina urushida halok bo‘lganlarning qabrlari (arxiv surati)

Rossiya fuqarolarining qariyb yarmi (47 foiz) Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishi foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi, deb hisoblaydi. Bu ko‘rsatkich “Levada-sentr” tomonidan sentyabr oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasidir. Qayd etilishicha, bu Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.

Ayni paytda o‘tgan bir yil davomida Putin tomonidan boshlatilgan “maxsus harbiy amaliyot” manfaatli ekaniga ishongan kishilar soni 10 foizga (38 foizdan 28 foizga) kamaygan. Shuningdek, jangovar harakatlar muvaffaqiyatli olib borilyapti, deb hisoblovchi rossiyaliklar soni ham qisqarib bormoqda. Fevral oyida bunday fikrda bo‘lgan fuqarolar 70 foizni tashkil qilardi, endilikda ular soni 10 foizga kamaygan.

Sentyabr oyiga kelib Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari olib borilishini kerakligini so‘ralganlarning 54 foizi yoqlagan.

Muntazam ravishda ijtimoiy va marketing tadqiqotlari olib boruvchi Yuriy Levada nohukumat tahliliy markazi yoki “Levada-sentr” 2016-yili Rossiya rasmiylari tomonidan “xorijiy agent” deb tan olingan edi. Tashkilot vakillari bu fikrga qo‘shilishmaydi.

“Levada-sentr” so‘rovlari natijalari davlat ijtimoiy xizmatlarining so‘rov natijalaridan katta farq qilishi avval bir necha bor qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG