Линклар

 
Londonda Big-Benga chiqib olgan Falastin tarafdori hibsga olindi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:07

Londonda Big-Benga chiqib olgan Falastin tarafdori hibsga olindi


Falastin bayrog‘ini ko‘tarib olgan faol Big-Benda, London, 2025-yil 8-marti
Falastin bayrog‘ini ko‘tarib olgan faol Big-Benda, London, 2025-yil 8-marti

London politsiyasi 8-mart kuni Falastin bayrog‘i bilan Big-Benga chiqib olgan va u yerda 16 soat o‘tirgan britaniyalik 29 yoshli yigitga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda Bi-bi-si xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Esseks grafligidagi Uestkliff-on-Si shahrida yashovchi Deniyel Dey jamoat tartibini buzganlikda ayblanmoqda.

U Vestminster saroyining Yelizaveta minorasiga shanba kuni ertalab chiqib olgan. Mazkur soatli minora Big-Ben nomi bilan mashhur.

The Independent nashrining yozishicha, qutqaruvchilar Deniyel Dey bilan o‘t o‘chiruvchilarning ko‘tarma kranidan turib muzokara olib borishgan va faoldan pastga tushishni iltimos qilishgan, biroq u faqat o‘z shartlari asosida Big-Bendan tushishini aytib, ularning iltimosini rad etgan. Dey, agar unga yaqinlashgudek bo‘lsalar, yanada yuqoriroq chiqib ketish bilan tahdid qilgan.

Big-Benda o‘tkazilgan 16 soat davomida faol instagramdagi o‘z sahifasi orqali jonli yoyin olib borib, u yerda “politsiya qatag‘oni va davlat zo‘ravonligi”ga qarshi norozilik bildirayotganini aytgan. O‘z harakatining norozilik aksiyasi ekanini aytgan Dey Big-Benni Buyuk Britaniyadagi “demokratiya markazi” deb atagan. Big-Bendan 9-martga o‘tar kechasi tushishga rozi bo‘lgan faol pastga tushishi bilan qo‘lga olingan.

U yuqorida bo‘lgan paytida Big-Ben oldida bir guruh odam to‘planib, “Falastinga ozodlik” va “Sen qahramonsan” qabilidagi shiorlarni hayqirishgan.

10-mart kuni Vestminster magistrat sudida Deniyel Dey mahkamasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG