Линклар

Шошилинч хабар
05 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:01

“Madina 70 kundan beri komada, nima bo‘lishi faqat Yaratganga ayon”


Madina Mamajonova
Madina Mamajonova

Dushanbelik Madina Mamajonova ismli yosh ayol 70 kundan beri komada qolmoqda. Shifokorlarga ko‘ra, uning miyasining bir qismi jiddiy shikastlangan. Madinaning ayovsiz kaltaklangani haqidagi xabar jamiyatda katta rezonans chiqargan edi. Asosiy gumondorning amnistiya qo‘llab, hibsdan bo‘shatilishi norozilikni yanada kuchaytirdi. Prezidentning o‘g‘li aralashganidan so‘nggina jinoyat ishini qaytadan qo‘zg‘atishdi.

“Bemorning ahvolini yarim yilgacha kuzatamiz”

Madina yotgan “Shifobaxsh” kasalxonasi reanimatolog vrachi Ozodlikning tojik xizmatiga bemorning ahvoli kelgusida qanday bo‘lishini oldindan chamalash imkonsizligini aytdi. “Inson miyasi kislorod yetishmovchiligidan jiddiy zararlanishi uchun atigi uch daqiqa kifoya. Madinada xuddi shunday bo‘lgan, deb o‘ylayman”, deydi shifokor.

Ismi sir tutilishini xohlagan yana bir vrach Madina kasalxonaga 26 - avgust kuni juda og‘ir ahvolda keltirilganini, qariyb 70 kundan beri komada ekanini bildirdi. Unga ko‘ra, vrachlar konsiliumida bemorni yarim yilgacha kuzatishga qaror qilingan. “Ammo ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, bu faqat Xudoga ayon”, deydi Ozodlik suhbatdoshi.

Uni nega kaltaklab, chalajon qilishdi?

Madina Mamajonova haqida juda oz narsa ma’lum. U 32 yoshda, mobil aloqa shirkatlaridan birida ishlagan.

Voqea joriy yilning 25 - avgustida ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqda ayol u uchrashib yuradigan erkakning xotini tomonidan olib qochilib, shafqatsiz kaltaklangani haqida xabar qilingan. Keyinroq Madinani uning hamkasbi Lutfullo Davlatovning xotini Aziza Davlatova rashk tufayli kaltaklagani ma’lum bo‘ldi. Ayrim ma’lumotlarda Madina Lutfullo Davlatovning ikkinchi xotini sifatida tilga olinmoqda.

Lutfulla Davlatov Madinaning kaltaklashda ishtirok etganmi, yo‘qmi – hozircha mavhum bo‘lib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlar gumonlanuvchilarga “odam o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha ham ayblov e’lon qilish lozimligi, chunki Madina Dushanbedan kuch bilan olib ketilib, bir necha soat shahardan tashqarida saqlangani haqida bahs qilishmoqda. Aziza Davlatova buni bir yoki bir necha odam ko‘magida qilgan bo‘lishi ehtimoli haqiqatga yaqinroq, ammo ishga doir ma’lumotlarda boshqa ismlar tilga olinganicha yo‘q.

Asosiy gumondor – Aziza Davlatova avval hibsga olinib, keyinroq amnistiya qilinishi va qamoqdan bo‘shatilishi tojik jamiyatida keskin norozilik uyg‘otdi. Jamoatchilik faollari Dushanbe hokimi, Bosh prokuror va ichki ishlar vaziri nomiga murojaatnoma yozib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganidan so‘nggina huquq idoralari harakatga keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dushanbe meri Rustam Emomali Bosh prokuratura va IIVga ushbu rezonansli voqeani qayta boshdan tergov qilishga ko‘rsatma bergan.

XS
SM
MD
LG