Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi 3 ta don korxonasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.
Qo‘mita matbuot xizmati qaydicha, “Qo‘rg‘ontepa don maxsulotlari”, “Asaka don mahsulotlari” hamda “Andijondonmahsulot” AJlar yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning birja savdolari orqali realizatsiya qilishda manipulyatsiya harakatlarini (grafikka rioya qilmaslik, kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdosiga qo‘ymaslik) sodir etgan.
Jumladan, “Qo‘rg‘ontepa don maxsulotlari” AJ 724,2 tonna bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti, “Asaka don mahsulotlari” AJ 1394 tonna bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti va “Andijondonmahsulot” AJ esa 509,2 tonna bug‘doy uni mahsuloti savdosida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan.
Jarima qo‘llash bilan birga mazkur korxonalarga kelgusida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
Avvalroq Raqobat qo‘mitasi paxta mahsulotlari savdosida manipulyatsiya harakatlarini sodir etgani uchun Samarqand viloyatidagi korxonaga chora ko‘rgandi.