Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:07

Mark Ryutte NATO bosh kotibi o‘laroq ish boshladi


NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte
NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte rasman NATO bosh kotibi lavozimida ish boshladi. U 2014-yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelgan Yens Stoltenberg o‘rniga keldi.

Ryutte NATO bosh kotibi lavozimida ishlar ekan, asosiy e’tiborini uchta ustuvor yo‘nalish – Shimoliy Atlantika ittifoqi mudofaasini kuchaytirish, Ukrainani dastaklash va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratishini bildirgan.

Ryutte Ukrainaning NATOga kirishi muddatini yaqinlashtirishga va’da bergan. Unga ko‘ra, kuchli va mustaqil Ukrainasiz Yevropa xavfsiz bo‘lolmaydi. Ryutte NATOga a’zo mamlakatlar shu yil iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitda Kiyev oldida olingan majburiyatlarini bajarishlari lozimligi, chunki “Ukrainaning haqli joyi NATOda” ekanini qayd etgan.

Avvalroq Politico nashri NATO mamlakatlarining barcha elchilari Ryutte nomzodini ma’qullaganlari, so‘nggilardan bo‘lib uni Slovakiya va Vengriya ham qo‘llagani haqida yozgan edi. Bir necha oy davomida Ryutte nomzodini dastaklashga rozi bo‘lmay yurgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga Budapesht Ukrainani dastaklash bo‘yicha NATO faoliyatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi va’da qilingan.

Ryuttening NATO bosh kotibi lavozimidagi asosiy vazifasi harbiy ittifoqqa a’zo barcha mamlakatlar uchun mudofaa xarajatlarini YIMning 2 foiziga qadar oshirish bo‘lishi aytilmoqda. NATO ma’lumotiga ko‘ra, harbiy xarajatlar bo‘yicha ko‘zlangan ko‘rsatkichga hozirgacha tashkilotga a’zo 32 ta mamlakatdan 23 tasigina erishgan, xolos.

2010-yil oktyabridan joriy yil iyuligacha Niderlandiya bosh vaziri lavozimida ishlagan Mark Ryutte Rossiyaning tanqidchisi bo‘lib, doim Ukrainani dastaklab kelgan.

XS
SM
MD
LG