Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:28

Markaziy bank fuqarolarni firibgarlikdan ogohlantirdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarni onlayn moliyaviy aldovning yangi turidan ogohlantirdi.

Bugungi kunda firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborib, ularning mobil qurilmalariga zararli ilovalarni o‘rnatishga urinishmoqda”, deya ma’lum qildi regulyator.

Qayd etilishicha, soxta hujjatlarda go‘yoki fuqaroning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun “moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” tomonidan ayrim amallar bajarilishi to‘g‘risida yolg‘on axborot ko‘rsatilgan.

Firibgarlar shu yo‘l bilan fuqaroning mobil telefoniga zararli ilovani (xususan, “Bezopasnost” nomli) o‘rnatish va qurilmadagi suratlar, hujjatlar, SMS-xabar va qo‘ng‘iroqlarga oid ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda.

Markaziy bank fuqarolarni firibgarlarning aldoviga ishonmaslik, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store platformalari orqali o‘rnatish kerakligini eslatgan.

Moliyaviy regulyator avvalroq firibgarlar Telegram platformasida “Markaziy_Banki_uz” nomli soxta kanal ochib, fuqarolarga onlayn kreditlar taklif qilayotgani, mijozlarning karta ma’lumotlarini olish orqali pullarni o‘zlashtirayotganidan ham ogohlantirgandi.

XS
SM
MD
LG