Линклар

 
Marselda Rossiya konsulxonasiga hujumda gumonlanganlar ushlandi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:51

Marselda Rossiya konsulxonasiga hujumda gumonlanganlar ushlandi


Sapyor robot Rossiyaning Marseldagi konsulxonasi oldida, 2025-yil 24-fevrali
Sapyor robot Rossiyaning Marseldagi konsulxonasi oldida, 2025-yil 24-fevrali

Marselda Rossiya konsulxonasiga hujum qilganlikda gumonlangan ikki kishi qo‘lga olingan. Bu haqda shahar politsiyasida ishlaydigan manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda BFMTV telekanali va LaProvence gazetasi xabar qildi.

Har ikki OAV muhtamal hujumchilar dushanba oqshomida Rossiya bosqinining uch yilligi munosabati bilan Ukrainani dastaklash aksiyasida ishtirok etganini iddao qilgan. Mazkur aksiya Marsel meriyasi binosi oldida o‘tkazilgan edi.

LaProvence nashrining yozishicha, aksiyaning ikki ishtirokchisi “tergovchilarda alohida qiziqish uyg‘otgan”.

Iddaoga ko‘ra, gumonlanuvchilar 50 va 40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ular ayni paytda uyushgan jinoyatchilik va alohida jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha bo‘lim xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.

BFMTV qaydicha, gumonlanuvchilar konsulxonaga hujum sodir etilgan 24-fevral tongida videokamera yozib olgan tasvirlar bo‘yicha tanib olingan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ichiga yonuvchi suyuqlik quyilgan uchta yarim litrli plastik idish jinoyat quroli o‘laroq xizmat qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular bino fasadiga uloqtirilgan, idishlardan ikkitasi yorilib ketgan.

Voqea joyida sapyorlar va tezkor xizmatlari xodimlari ishlayotgan paytda, BFMTV xabariga ko‘ra, Rossiya konsulxonasi xodimlari ichkarida xavfsiz joyda tutib turilgan.

Hodisa chog‘ida hech kim jabrlangan emas. Noxush hodisa Fransiya va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan qoralangan.

XS
SM
MD
LG