Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:00

9-may: Putin Ukrainaga bosqinni oqlashga urindi, Zelenskiy "eski yovuzlik"ni eslatdi


Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy.
Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy.

Vladimir Putin Moskvaning Ukrainaga asossiz bostirib kirishini "vatanni himoya qilish" uchun zarur qadam sifatida oqladi.

1945-yilda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan Qizil maydonda o‘tkazilgan harbiy paradga raislik qilgan Putin, NATO Rossiya chegaralari yaqinida tahdid paydo qilayotgani haqidagi ayblovini yana bir bor ta’kidladi va Ukrainaga bostirib kirish "zaruriy profilaktika harakati" ekanini da’vo qildi.

Putin shuningdek, Rossiya Kiyevdan “ozod qilishga” va’da bergan Ukraina sharqidagi Donbassda jang qilayotgan askarlarga – “Vatan taqdiri hal bo‘layotgan paytda uni himoya qilish azaldan muqaddas bo‘lib kelgan” deya murojaat qildi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles “rus generallarining medallar bilan to‘ldirilgan jimjimador liboslar bilan chiqishini bema’nilik deb atadi va “Putinning fashizmni yengishdagi ajdodlarning g‘ururli tarixini o‘g‘irlashida ular ham to‘liq sherik ekanliklarini” aytdi.

"Barcha professional askarlar Rossiya armiyasining xatti-harakatidan dahshatga tushishlari kerak", chunki ular nafaqat "noqonuniy bosqinchilik va urush jinoyatlarida ishtirok etdi, balki ularning keksa rasmiylarini ham sudga tortadigan darajaga keltirdi", - dedi u Britaniya milliy armiyasi muzeyidagi nutqida.

“Ukrainaga bostirib kirish orqali Putin va uning atrofidagi generallar 77 yil oldingi fashizm va zulmni aks ettirib, o‘tgan asrdagi totalitar tuzumning xatolarini takrorlamoqda”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Зеленский Британия тарихига кирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00

Putin Ukrainaga rasman urush e’lon qilishi mumkinligi haqida taxminlar qilingan edi, biroq uning 11 daqiqalik nutqida urushning borishi va qancha davom etishi haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Zelenskiy 8-may kuni fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan bayonotida Rossiya Ukrainaga qarshi urushda fashistlarning vahshiyliklarini takrorlayotganini aytdi.

“Rossiya Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari uchun muhim bo‘lgan hamma narsani unutdi”, — dedi Zelenskiy Ukrainada Xotira va yarashish kuni munosabati bilan qilgan videomurojaatida. "Men Ukrainani o‘sha eski yovuzlikning zamonaviy davomchilaridan himoya qilayotgan va qutqarayotgan barcha himoyachilarimizga minnatdorchilik bildiraman."

Zelenskiy 8-may kuni G7 yetakchilari bilan virtual uchrashuvda ham ishtirok etdi, ishtirokchilar Rossiyaning Ukrainaga qarshi “asossiz va noqonuniy harbiy tajovuz”ini qoraladi.

Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 97 yoshli Ivan Lisun Xarkov yaqinidagi Rossiya bombardimonidan vayron bo‘lgan uyi oldida.
Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 97 yoshli Ivan Lisun Xarkov yaqinidagi Rossiya bombardimonidan vayron bo‘lgan uyi oldida.

Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va AQSh yetakchilari Putinning xatti-harakatlari “Rossiya va rus xalqining tarixiy qurbonliklariga isnod keltirmoqda”, dedi.

Uchrashuvdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning uchta davlat telekanali va "Gazprombank" rahbarlariga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi. Shuningdek, amerikaliklarning ruslarga buxgalteriya va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishi taqiqlandi.

Zelenskiy G7 yetakchilariga 7-may kuni sharqiy Lugansk yetakchilari maktabni bombardimon qilish oqibatida 60 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini aytdi.

“Ular Rossiya o‘qqa tutilishdan qochib oddiy maktab binosida yashiringan edi”, — dedi u.

Britaniya rasmiylari Ukrainaga qo‘shimcha 1,6 milliard dollarlik harbiy yordam ajratilishini e’lon qilishdi. Britaniya Mudofaa vazirligining 9-may kungi bayonotida aytilishcha, Moskvaning bosqini “aniq zarbalar berishda keng miqyosdagi kamchiliklarni va tinch aholi manzillari mutlaqo hisobga olinmagani"ni ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG