Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:10

Meksikadagi prezident saylovida ilk bor ayol nomzod g‘alaba qozondi


Meksikadagi prezident saylovi g‘olibasi Klaudiya Sheynbaum (o‘rtada)
Meksikadagi prezident saylovi g‘olibasi Klaudiya Sheynbaum (o‘rtada)

Meksikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida saylovchilarning eng ko‘p ovozini Klaudiya Sheynbaum jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. U mamlakat tarixida ilk ayol prezident bo‘lishi kutilmoqda.

Mexiko meri va hukmron partiya vakilasi bo‘lgan 61 yoshli Klaudiya Sheynbaum, Meksika Milliy saylov instituti ma’lumotiga ko‘ra, 57,28 foiz ovoz bilan saylov poygasining peshqadamiga aylangan.

Sheynbaum saylovchilarning 30,06 foizi ovozini yig‘olgan sobiq senator va “Kuch va yuragimiz Meksika uchun” muxolifat koalitsiyasi nomzodi Ksochitl Galvesni ortda qoldirgan.

Uchinchi o‘rinda 10,3 foiz ovoz to‘plagan Xorxe Alvares Maynes bormoqda.

Saylovning rasmiy natijalari 3-iyun oqshomida e’lon qilinishi kutilmoqda. Shunga qaramay, hozirning o‘zida Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Meksika mustaqil bo‘lganidan buyon o‘tgan 200 yil ichida ilk bor davlat rahbari lavozimini ayol kishi egallashini e’tirof etgan.

CNN telekanali buni “o‘zining patriarxal madaniyati bilan tanilgan mamlakat uchun ulkan yutuq” deb atagan.

XS
SM
MD
LG