Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Migrantlar Rossiyadan 48 soat ichida badarg‘a qilinishi mumkin


Rossiya rasmiylari politsiya qaroriga ko‘ra mamlakatdan badarg‘a qilinajak xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ushlab turish muddatini 48 soatgacha qisqartirishmoqchi. Hozirda bu muddat ko‘pi bilan 90 kunni tashkil etadi.

TASS agentligi xabariga ko‘ra, xorijlik fuqarolarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qonunchilikka tuzatishlar kiritilgan taqdirda qo‘lga olingan migrantlar mamlakatda ikki kundan ko‘p qololmaydi.

Qonun loyihasining birinchi o‘qishida ichki ishlar idoralariga xorijliklarni Rossiyadan badarg‘a qilish huquqi berilishi taklif etilgandi. Deputatlar bu tuzatishlarni qabul qilishgan.

Endilikda xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sudning maxsus qarori kerak bo‘lmaydi. Masalan, avvalroq IIVning Oltoy o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi o‘z tengdoshiga qarata tuflagan o‘smirning oilasi mamlakatdan badarg‘a qilinishi haqida ma’lumot tarqatgan. Oilaga Rossiyani tark etish uchun 15 kun muhlat berilgan. Ayni paytda bu oila ustidan hech qanaqa shikoyat yoki ariza tushgan emas: politsiyachilar 14 yoshli o‘smirni kuzatuv kameralari orqali topishib, oilasi bilan birgalikda politsiya bo‘limiga olib kelishgan.

“Krokus Siti Xoll”dagi terakt ortidan Rossiyada migrantlarga nisbatan ksenofobik kayfiyat kuchayib ketgan. Rossiyalik rasmiylar mazkur terror xurujining amalga oshirilishida bir necha tojikistonlikni gumonlashmoqda.

Teraktdan so‘ng Rossiyaning turli mintaqalarida huquq-tartibotchilar xorijliklar yashaydigan va ishlaydigan joylarda reydlar o‘tkaza boshlaganlar. Ayrim holatlarda migrantlar harbiy komissariatlarda qayddan o‘tkazilgan. Bir paytning o‘zida Rossiyada millatchilarning “reydlari” ham boshlanib, bu “reydlar” davomida ular migrantlarni ishdan bo‘shatish va qizlarning ro‘mollarini yechishtirishni talab qilishgan.

Rossiyada migrantlarga qarshi kayfiyat kuchayishi manzarasida o‘zbekistonliklar doxil Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat muhojirlari mamlakat hududiga kirishda uzoq muddatli tekshiruvlardan o‘tayotgan haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG