Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:06

“100 mingta layk uchun otasini urmoqchi” bo‘lgan bloger qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi bloger 15 sutkaga qamaldi.

Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganovga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro U. S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘zda tutilgan huquqbuzarlik, ya’ni mayda bezorilikda aybdor deb topilgan.

Mamlakatimizda ijod erkinligi cheklanmagan, ammo bu qonunbuzarlik evaziga emas. Unutmang, internet tarmoqlari orqali ham, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun javobgarlik va jazo muqarrar!” deya ogohlantirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va blogerlarni IIBB matbuot kotibi.

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda blogerning 100 mingta “layk” uchun otasini urishi, 200 mingta “layk” uchun esa otasini qariyalar uyiga topshirishi bayon qilingan videosi tarqalgandi.

Ozodlik avvalroq TikTok va YouTube platformalarida Sardor gangster taxallusi bilan tanilgan bloger Sardor Safarboyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar qilgan edi. Jinoyat ishiga blogerning “xotini qiz farzand tug‘sa, chiqindiga tashlashi”ni aytgani sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG