Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:04

Markaziy Osiyoni Xitoy bilan bog‘lovchi temiryo‘l qurilishi boshlanmoqda


Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li xaritasi
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li xaritasi

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 27-dekabr kuni boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov III Xalq qurultoyida ma’lum qildi.

Xalqaro temiryo‘l qurilishi joriy yil oktyabrda boshlanishi rejalashtirilgandi.

Japarov “o‘nlab yillar mobaynida tokchalarda chang bosib yotgan” temiryo‘l loyihasi ro‘yobiga ko‘pchilik ishonmaganini aytarkan, u “Sharq va G‘arbni bog‘lovchi strategik ko‘prik” bo‘lishiga ishontirgan.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, 20-dekabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston hukumati va “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘l kompaniyasi o‘rtasida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha investitsiya bitimi imzolangan. Bitimga Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev va temiryo‘l kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjun Shenguy imzo chekkan. Tadbirda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev ham qatnashgan.

Xitoyni Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog‘laydigan temiryo‘l tarmog‘ini qurish loyihasi qariyb chorak asrdan beri muhokama qilinadi.

Uzunligi 486 km ni tashkil etuvchi Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘l loyihasi Rossiya va Qozog‘istonga qaramlikni kamaytirishi kutilmoqda.

Kelishuvga muvofiq, Pekin qo‘shma korxonada 51 foiz, Bishkek va Toshkent 24,5 foizdan ulush oladi. Loyiha qiymati 4,7 milliard dollarga baholanmoqda.

O‘zbekiston joriy yil 8-iyul kuni mazkur xalqaro temiryo‘l loyihasini birgalikda amalga oshirish to‘g‘risidagi xalqaro bitimni tasdiqlagan edi.

Mazkur temiryo‘l Xitoyni mintaqamiz bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi”, degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadigan xalqaro temiryo‘lning yillik yuk tashish hajmi 15 million tonnagacha yetishi, tovarni yakuniy iste’molchiga yetkazish muddati 7 kunga qisqarishi kutilmoqda.

Ozodlik avvalroq temiryo‘l qurilishi bo‘yicha shartnomada talay savollarga javob yo‘qligiga e’tibor qaratgandi.

XS
SM
MD
LG