Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:03

Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga safar qiladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (ch) turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan (arxiv surati)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (ch) turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev safari doirasida Anqarada Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyilgan xabarnomada.

Shuningdek, tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqishi hamda xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashishi ham urg‘ulangan.

Ikki davlat rahbarlari muzokaralarining yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalangan.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘on va Mirziyoyev ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishlari qo‘shimcha qilingan.

Mirziyoyev so‘nggi bor Turkiya poytaxtiga o‘tgan yilning mart oyida safar qilgan. Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti munosabati bilan Anqaraga borgan O‘zbekiston prezidenti o‘shanda turkiyalik saylovchilarni may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomzodini “to‘liq qo‘llab-quvvatlash”ga chaqirgan edi. O‘sha saylovning ikkinchi bosqichida Erdo‘g‘on 52,14 foiz ovoz bilan yana bir muddatga prezidentlikka saylangandi.

XS
SM
MD
LG