Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:17

Mirziyoyev AQSH savdo vakili bilan JST masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vakili Ketrin Tay o‘rtasidagi uchrashuvdan lavha (president.uz fotosi)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vakili Ketrin Tay o‘rtasidagi uchrashuvdan lavha (president.uz fotosi)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni AQSH savdo vakili Ketrin Tayni qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, deyilgan xabarnomada.

Qabul chog‘ida, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, “C5+1” formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.

Xabarnomada uchrashuv paytida sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani ta’kidlangani qo‘shimcha qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH savdo vakili Ketrin Tay 11-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti yordamchisi va qizi Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashgan.

Avvalroq amerikalik mulozimaning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev bilan ham uchrashishi, mehnat huquqlari va umuman inson huquqlariga ixtisoslashgan Uzbek Forum tashkiloti vakillari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tayyorlangan mehnat huquqlarini monitoring qiluvchi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalangani bildirilgan.

12-iyun kuni Ketrin Tayning Samarqandga tashrif buyurib, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashishi va shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG