Линклар

 
Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 06:46

Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘) Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan (arxiv surati)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘) Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif doirasida Parijda oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi”, deyilgan rasmiy xabarnomada.

Mirziyoyev, shuningdek, UNЕSCO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni joriy yilning kuzida Samarqand shahrida o‘tkazishning amaliy jihatlarini ham muhokama qiladi.

Mirziyoyev bunga qadar 2018-yil oktyabr va 2022-yil noyabr oylarida Parijda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan edi.

2023-yil noyabr oyida esa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘shanda muzokaralar yakunida Toshkent va Parij o‘zaro hamkorlikni “strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarish niyatini bildirgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG