Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti bilan muloqot qildi


Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon
Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot avvalida Mirziyoyev Pezeshkiyonni Eronda o‘tkazilgan prezident saylovidagi g‘alabasi bilan qutlagan.

Shundan so‘ng ikki prezident O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishgan.

Muloqot chog‘ida energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etilgan.

Xabarnomada suhbat chog‘ida Mirziyoyev va Pezeshkiyon mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga ham to‘xtalishgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Ozodlik Eronda 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichida islohotchi nomzod Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozongani haqida xabar qilgan edi.

Eronda prezident davlat rahbari bo‘lib hisoblanmaydi, u ayniqsa tashqi siyosatda anchagina cheklangan vakolat egasi bo‘lmish ijroiya hokimiyati rahbaridir. Shunga qaramay, prezident dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar ohangiga o‘z ta’sirini ko‘rsatish imkoniga ega.

XS
SM
MD
LG