Линклар

 
Mirziyoyev, Japarov va Rahmon Xo‘jandda uchrashadi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 14:13

Mirziyoyev, Japarov va Rahmon Xo‘jandda uchrashadi


Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon 2022-yil iyulida Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (arxiv surati)
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon 2022-yil iyulida Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (arxiv surati)

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari ishtirokida ilk bor uch tomonlama sammit tashkil etiladi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalovning Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 58-sessiyasida ma’lum qilishicha, uch davlat yetakchisi Tojikistonning Xo‘jand shahrida joriy yil 31-mart kuni uchrashishadi.

Qirg‘iziston hukumati mulozimi sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlagan.

Uchrashuv Bishkek va Dushanbe o‘rtasidagi ko‘p yillik chegara ziddiyati hal etilgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yil 21-fevral kuni Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiylari o‘zaro chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha yakuniy protokolni imzolashgandi.

Edil Baysalov ikki davlat chegara chizig‘i borasida kelishganini “diplomatiya va siyosiy irodaning tarixiy g‘alabasi” deb atagan.

Xo‘jand sammitida prezidentlar Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda mintaqa davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘zaro ziddiyatdan muloqot yo‘liga o‘tgani kuzatilmoqda.

Ozodlik avvalroq uch davlat bosh vazirlari davlat chegaralari tutashgan nuqtada uchrashib, uch tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgani haqida xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG