Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Mirziyoyev Rossiya IIV rahbarini qabul qildi


Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev (arxiv surati)
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qabul chog‘ida terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilingan.

Migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, deyilgan xabarnomada.

Rossiyadagi o‘zbek migrantlari bilan bog‘liq masalalarni Vladimir Kolokolsev 25-iyun kuni Toshkentda o‘zbekistonlik hamkasbi Po‘lat Bobojonov bilan ham muhokama qilgan.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati qaydicha, uchrashuvda taraflar Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash, ular orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va noqonuniy migratsiya holatlariga barham berish, jinoyatchilik, shu jumladan kiberjinoyatlar, firibgarlik, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi hamda boshqa transmilliy uyushgan jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek qidiruvdagi shaxslarni ushlashda soha xizmatlarining hamkorligiga e’tibor qaratishgan.

Shuningdek, tomonlar ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida aloqalarni mustahkamlash zarurligini ta’kidlab o‘tdilar”, deyilgan IIV xabarnomasida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishongan mulozimlaridan biri o‘laroq bilinadigan Vladimir Kolokolsev shu yilning may oyida RFda hukumat almashgan paytda ham vazirlik kursisini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG