Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:56

Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonda bo‘ladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish maqsadida Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Saudiya Arabistonida Mirziyoyev G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda echim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida qatnashadi. 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bu anjumanga O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud tomonidan taklif etilgan. Rasmiy xabarnomaga muvofiq, Mirziyoyev dushanba tongida Ar-Riyodga jo‘nab ketgan.

Joriy yilning 12-13-noyabr kunlari esa Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev taklifiga binoan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan”, deyilgan prezident matbuot xizmati yoyinlagan xabarnomada.

XS
SM
MD
LG