Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti rahbarini qabul qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan, Toshkent, 2024-yil 9-iyuli (president.uz fotosi)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan, Toshkent, 2024-yil 9-iyuli (president.uz fotosi)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qilgan.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga muvofiq, uchrashuvda O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, qabul chog‘ida janob Ungbo O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho bergan.

Xabarnomada so‘nggi yillarda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, xalqaro tashkilot ko‘magida mamlakatda mehnat sohasida 40 dan ortiq normativ hujjat qabul qilinib, 22 ta xalqaro konvensiya ratifikatsiyalangani urg‘ulangan.

Mirziyoyev bilan Ungbo uchrashuvida O‘zbekistondagi majburiy mehnatga aloqador muammolar ko‘tarilib-ko‘tarilmagani ma’lum emas. Ayni paytda prezident matbuot xizmati 9-iyuldagi qabul chog‘ida ijtimoiy adolat tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan, “Ijtimoiy adolat global koalitsiyasi” doirasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etilganiga e’tibor qaratgan.

Xabarnomada uchrashuv yakunida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olingani ham qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG