Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Momaqaldiroq uchoqlarning Toshkentga qo‘nishiga xalaqit qildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Ob-havo sharoitining noqulayligi sababli 7-iyul oqshomida “Toshkent” aeroportida havo kemalarining qo‘nishi va uchishiga cheklovlar joriy etilgan.

Uzbekistan Airports shirkati qaydicha, shiddatli yomg‘ir va aerodrom ustida momaqaldiroq tufayli yakshanba oqshomida bir necha reys muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan.

“Xususan, bortida 183 yo‘lovchi bo‘lgan Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY-634 reysi, Myunxen - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan va bortida 116 yo‘lovchi bo‘lgan HY-236 reyslari Samarqand aeroportiga qo‘ndi”, deyilgan xabarnomada.

Uzbekistan Airports yana uchta yuk reysi ham muqobil aerodromlarga yo‘naltirilganini qo‘shimcha qilgan. Xususan, HY-3124 “Budapesht – Toshkent” reysi Navoiyga, AZG-6941 “Boku – Toshkent” reysi Namangan aeroportiga, MFX-656 “Urumchi – Toshkent” reysi Samarqandga qo‘ngan.

“Ayni damda Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti barqarorlashdi, o‘rnatilgan cheklovlar olindi”, deyilgan shirkat tomonidan tunga yaqin tarqatilgan xabarnomada.

XS
SM
MD
LG