Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:31

Moskvadagi Wildberries ofisi oldida otishma sodir bo‘ldi


Wildberries marketpleysining Moskvadagi ofisi oldida sodir bo‘lgan otishmada bir necha kishi yaralangan.

Shirkat matbuot xizmati qaydicha, Wildberries asoschisi Tatyana Bakalchukning eri Vladislav qo‘riqchilari bilan birga tashkilot ofisiga kirishga harakat qilgan. U yerda sodir bo‘lgan voqea “binoga noqonuniy kirishga urinish” o‘laroq baholangan.

Vladislav Bakalchuk “keng ko‘lamli provokatsiya” yuz berganini bildirgan – u shirkat ofisiga Wildberries uchun qurilayotgan yangi omborlar moliyalashtirilishini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning galdagi raundiga kelganini iddao qilmoqda.

Men shirkat ofisiga o‘z hamkasblarim bilan keldim, biroq kirishdayoq qo‘riqchilik xizmati va menga notanish bo‘lgan kishilar tomonidan hujumga uchradim, ular qurolli to‘qnashuv kelib chiqishiga sabab bo‘lishdi. Mojaro davom etayotgan paytda birdan o‘q ovozlari yangradi, hamkasblarimdan biri yaralandi”, deya bildirgan Vladislav Bakalchuk.

Tatyana Bakalchuk Vladislav Bakalchuk, Sergey Anufriyev va Vladimir Bakin boshchiligidagi kishilar guruhi Wildberries'ning Moskvadagi ofislarini egallab olishga urinishganini bildirgan.

Qurollangan guruhning go‘yo muzokaralarga kelganiga oid bayonot quloqqa bema’nilikday eshitiladi, chunki hech kim bilan hech qanaqa muzokara haqida kelishuv bo‘lgan emas”, deb yozgan Tatyana Bakalchuk o‘z telegram-kanalida.

XS
SM
MD
LG