Rossiyaning Tuapse shahridagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan o‘zbekistonlik 15 nafar fuqaro mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi prokuraturasining matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.
Xabarnomaga muvofiq, hodisa 24-aprel kuni sodir bo‘lgan — maishiy xarakterga ega bo‘lgan janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.
“Qayd etilgan shaxslar neftni qayta ishlash zavodida ish yurituvchi tashkilot xodimlari bo‘lib hisoblanadi”, deyilgan prokuratura xabarnomasida.
Rossiyalik huquq-tartibotchilarga ko‘ra, mushtlashuvda qatnashayotgani aytilayotgan o‘zbekistonliklarning hammasi ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ularni Rossiyadan badarg‘a qilish haqida qaror qabul qilingan.