Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatidagi urush yakuni istiqbollari bilan bog‘liq vaziyatni Yevropa liderlari bilan 14-fevral kuni Myunxenda (Germaniya) ochiladigan xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada muhokama qilmoqchi.
Avvalroq 13-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi, biroq bu muzokaralarda Moskvaning asosiy “vizavi”si Vashington bo‘lib qolishini bildirgan edi
Konferensiyaning ilk kunida AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ularning ikkisi ham juma kuni anjumanda nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi Germaniyaning Myunxen shahrida 1963-yil fevralidan buyon o‘tkazib kelinayotgan yillik xalqaro anjuman bo‘lib hisoblanadi. Unda diplomatlar, siyosatchilar va harbiylar tinchlikni saqlash masalalarini muhokama qilib kelishadi. Myunxen konferensiyasi xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilish va hal etish uchun dunyodagi eng yirik forum bo‘lib hisoblanadi.