Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol o‘ziga o‘t qo‘yish oqibatida nobud bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar Bosh prokuratura matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishmoqda.
Hodisa 10-iyun kuni Yangiqo‘rg‘onning “Nurafshon” mahallasida sodir bo‘lgan. Aytilishicha, 29 yoshni qoralagan va to‘rt farzandning onasi bo‘lgan R. Q. oiladagi janjaldan so‘ng ustidan benzin quyib, o‘zini yoqib yuborgan, natijada u olingan jarohatlar tufayli vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.