Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:43

Navalniy davolangan shifoxonaning sobiq bosh vrachi topildi. U tirik


Muraxovskiyning g‘oyib bo‘lishi Navalniyning safdoshlari e’tiborini ham tortgan.
Muraxovskiyning g‘oyib bo‘lishi Navalniyning safdoshlari e’tiborini ham tortgan.

Rossiyaning Omsk viloyati Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksandr Muraxovskiy ovga ketib bedarak yo‘qolganidan uch kun otib, aloqaga chiqqan. Bu haqda mintaqa hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

"Muraxovskiy Basli tumanida odamlar bilan aloqaga chiqdi. U normal holatda", deyiladi xabarda. Rasmiylarga ko‘ra, hozirda Muraxovskiy shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Muraxovskiyning ayoli "Dojd" telekanaliga turmush o‘rtog‘ining topilganini tasdiqlagan va uning o‘zi bilan telefonda gaplashganini ma’lum qilgan.

7 - may kuni Muraxovskiy ov vaqtida yo‘qolib qolgani xabar qilingandi. Muraxovskiy o‘tgan yil avgustida koma holatidagi muxolifatchi Aleksey Navalniy yotqizilgan Omsk shifoxonasi bosh vrachi bo‘lgan.

Aytilishicha, vazir taygaga Pespelovo qishlog‘idan oqshom soat 5 da kvadrotsikl ulovida yolg‘iz jo‘nab ketgan. Telegramdagi Baza kanaliga ko‘ra, Muraxovskiy avtomobilda ketgan sheriklaridan ortda qolgan bo‘lishi mumkin. U ratsiya orqali, kvadrotsiklda yurish imkoni bo‘lmagani va ortga – qishloqqa qaytishga qaror qilganini haqida xabar berishga ulgurgan.

Sheriklari uni o‘zlari topishga urinib ko‘rishgan. 8 - may kuni qidiruvga politsiya ham qo‘shilgan. Qidiruv kechasi bilan davom etgan. Unda 100 ga yaqin kishi – volontyorlar, IIV hamda Rosgvardiya xodimlari ishtirok etgani xabar qilingan. Yer usti texnikasi va vertolyot ishga solingan.

Avalrof ovchilar bazasidan olti yarim chaqirim narida Muraxovskiyning kvadrotsikli topilgani xabar qilingandi. Joyning yo‘l yurishga o‘ta noqulayligi, botqoqliklar qidiruvni qiyinlashtirgan.

Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng Omskdagi 1-sonli tez tibbiy yordam kasalxonasida ikki sutka yotganida ushbu muassasa bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy tanqidlar tagida qolib ketgandi: u Navalniyning chet elga jo‘natilishiga xalal berish, muxolifatchining haqiqiy tashxisini yashirish va maxsus xizmatlarning noqonuniy buyruqlarini bajarishda ayblangan.

Omsk viloyati sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga u o‘tgan yili noyabrda o‘tirgan. Ushbu tayinlov jamoatchilik orasida shubhalarning urchishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar, xususan, Navalniyning yaqinlari uni muxolifatchi hayoti uchun tahlikali o‘sha kunlarda hukumatga so‘ng qadar sodiq qolgani uchun yangi martaba bilan siylangan, deb hisoblaydi.

“Muraxovskiy vrach emas, u kasbimizni sotdi, unga dog‘ tushirdi. Hukumatdagi qotillarga gumashta tutinib, Putin va uning hamtovoqlariga xizmat qildi. Undan foydalanishdi, jinoyatga sherik bo‘ldi”, – deydi Navalniyning davolovchi vrachi Anastasiya Vasilyeva.

Muraxovskiyning g‘oyib bo‘lishi Navalniyning safdoshlari e’tiborini ham tortgan. Ular 1-sonli TTYoKdagi ishdan bo‘shashlar va vrachlar o‘limi g‘alati hol ekanini aytishgan.

Bundan avval Navalniy muolajasiga aloqador vrachlardan biri – Anatoliy Kalinichenko ishdan bo‘shagan. 2021 - yil fevralida esa, anesteziolog-reanimatolog Sergey Maksimishin 55 yoshida to‘satdan vafot etgan edi. Mart oyida travmatologiya va ortopediya bo‘limi mudirining muovini insultdan qazo qildi.

Muraxovskiy Navalniyning kasali haqida ko‘p ma’lumotga ega deb ishoniladi.

Aleksandr Muraxovskiy viloyat sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbar eib tayinlangunicha shahar kengashi deputati edi.

XS
SM
MD
LG