Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:25

Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib daryoga uloqtirildi


Navoiy viloyati Karmana tumani Katta machit mahallasida yashovchi erkak qotillik qurboni bo‘ldi.

Kun.uz nashri muxbiri bilan suhbatlashgan marhumning yaqinlariga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan D.K. Navoiy – Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan avtobusda yo‘lovchilarni yo‘naltiruvchi (posadchik) bo‘lib ishlagan.

30-noyabrga o‘tar kechasi ishdan uyiga kelgan D.K. turmush o‘rtog‘ini boshqa erkak bilan ko‘rgan.

Taxminlarga ko‘ra, o‘sha tun erining uyga qaytishini kutmagan ayol va uning tanishi vaziyatdan chiqib ketish maqsadida qotillikka qo‘l urgan. Gumondorlarning biri erkakning og‘zini yopib turgan, ikkinchisi ip bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Ikkovlon jinoyatni yashirish uchun jasadni Zarafshon daryosiga uloqtirgan.

So‘ngra ayol IIBga turmush o‘rtog‘i yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan.

Qidiruv-surishtiruv jarayonida jinoyatda gumonlanib qamoqqa olingan ayol va uning xushtori D.K.ni o‘ldirib, daryoga tashlab yuborganlarini tan olishgan.

Gumondorlarning ko‘rsatmasi asosida Zarafshon daryosidan marhumning murdasi izlanayotgani, ammo sovuq ob-havo qidiruvga to‘sqinlik qilayotgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG