Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Navoiyda voyaga yetmagan qiz zo‘rlanishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Navoiy shahar prokuraturasi voyaga yetmagan qizning o‘nga yaqin kishi zo‘rlaganiga yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Navoiydagi holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilyapti.

Navoiyda voyaga yetmagan qiz bir necha yigit tomonidan zo‘rlangani haqida Kun.uz nashri o‘z tasarrufidagi sud hukmi nusxasiga tayangan holda 6-iyul kuni xabar qilgan edi.

Xabarda qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan 5 nafar yigit turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgani, yana uch yigitgan nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.

Nashr voyaga yetmagan qizning zo‘rlaganlar orasida Navoiy shahar IIB tergovchisi ham borligini yozgan.

Kun.uz bir-biridan mustaqil bo‘lgan ikki manbadan olingan ma’lumotlarga tayangan holda qayd etishicha, tergovchi “mazkur ishni tergov qilish jarayonida, ya’ni 2024-yilning yanvar oyida Toshkentda malaka oshirish o‘quv kursida bo‘lib turgan vaqtda, ushbu voyaga yetmagan qizni Toshkent shahriga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan”.

Bosh prokuratura xabarnomasida jinoyat ishi doirasida “1 nafar shaxs qamoqqa olingan”i haqida ma’lumot berilgan. Biroq bu shaxs ishi tergovda bo‘lgan uch yigitning birimi yoki IIB tergovchisimi – bunga aniqlik kiritilgan emas.

XS
SM
MD
LG