Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

NYT: Xomanaiy Haniya o‘limiga javoban Isroilga hujum qilishni buyurdi


Eron Oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy
Eron Oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy

AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan HAMAS guruhi siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning Tehronda o‘ldirilishi ortidan Eron Oliy ruhoniysi Ali Xomanaiy Isroilga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishga buyruq bergan. Bu haqda The New York Times nashri eronlik uch xabardor manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Nashr qaydicha, buyruq Haniya o‘limi haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay — 31-iyul kuni Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashining favqulodda majlisi chog‘ida berilgan.

Hujum xarakteri va ko‘lamiga oid ma’lumot yo‘q. Nashr suhbatdoshlari qurolli javobning bir necha varianti mavjudligi, ular orasida Tel-Aviv va Hayfa yaqinidagi harbiy obyektlarga raketa va dronlar bilan zarba berish kabilar borligini aytishgan. Shuningdek, Eron hamda uning Yaman, Suriya va Iroq kabi ittifoqchilari ishtirokida muvofiqlashtirilgan hujum ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Xomanaiy mamlakat harbiylariga Isroil va AQSH tomonidan Eronga javob zarbasi berilgan taqdirda mudofaa va hujum rejalarini ham ishlab chiqishni topshirgan, deya qo‘shimcha qilgan NYT.

Avvalroq Erondagi Jamkaron masjidi uzra tezkor qasos ramzi bo‘lgan qizil bayroq ko‘tarilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Ismoil Hariya o‘limidan keyin oyatulloh Ali Xomanaiy Tehron “shahid ketgan” HAMAS lideri uchun “qasos olishni o‘z burchi deb hisoblashi”ni bildirgan.

HAMAS lideri Ismoil Haniya 31-iyul kuni raketa zarbasi oqibatida o‘ldirilgan edi. HAMAS guruhi hujumni “xiyonatkorona” deb atab, bunga “sionistlarning makkorona zarbasi” sabab bo‘lganini iddao qilgan. Isroil rasmiylari bu ayblovlarga hali rasman izoh berganlaricha yo‘q.

XS
SM
MD
LG