Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:37

O‘zbek muhojirlari AQSH hukumatini sudga berdi.  Ular kamsitishlardan shikoyat qilmoqda


AQSH-Meksika chegarasi. Illyustrativ surat
AQSH-Meksika chegarasi. Illyustrativ surat

AQSHda boshpana so‘raganlarning arizalarini kuzatib boruvchi Tranzaksiya qaydlari tahlil markazi (TRAC) nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kamida 40 ming nafar markaziy osiyolik sud jarayonlarini kutmoqda. Ularning orasida eng ko‘pi - 17 ming kishi O‘zbekiston vatandoshlari.

O‘tgan hafta Amerikaga Meksika orqali noqonuniy yo‘llar orqali kelgan va immigratsiya markazlarida ushlab turilgan 35 nafar o‘zbekistonlik AQSH hukumatini o‘zlariga nisbatan kamsituvchi siyosat olib borayotganlikda ayblab sudga bergani o‘rtaga chiqqan edi.

3-mart kuni AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan o‘zbekistonliklarning yana bir guruhi - 74 kishi O‘zbekistonga qaytarildi. Mahalliy matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, Qo‘shta Shtatlarga Meksika orqali Amerikaga o‘tgan.

Amerikalik senator Stiv Deynsning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda 50 mingdan ortiq markaziy osiyoliklar AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Daily Mail nashri bu haqda senatorning Qo‘shma Shtatlar hukumatidagi yuqori martabali mulozimga tayanib aytgan so‘zlarnii keltirmoqda.

Nashrning yozishicha, Bayden ma’muriyati noqonuniy migrantlar oqimi AQSH xavfsizligiga tahdid solishidan xavotirda.

АҚШ-Мексика чегарасидан қонуний ва ноқонуний ўтган ўзбеклар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

"Kamsituvchi siyosat"

Ayni paytda AQSH immigratsiya markazlarida ushlab turilgan 35 nafar o‘zbekistonlik AQSH hukumatini o‘zlariga nisbatan kamsituvchi siyosat olib borayotganlikda ayblab sudga bergan.

Ular AQSHda boshpana olish jarayonida kamsitishlarga duchor bo‘layotganliklarini da’vo qilishmoqda.

O‘zbekistonliklar o‘z da’vo arizalarida ular illatiga ko‘ra kamsitilayotgani, asossiz hibsda ushlab turilgani va himoya huquqlari cheklanayotganidan shikoyat qilishgan.

O‘zbekistonlik Nigora sudga murojaat qilgan 35 migrantning biri.

“Xuddi yosh bolani [so‘kkanday] baqiraverishadi: “Bu yerga kel, mana bu yerga o‘tirasan!”, “Sen qayerga ketyapsan? U yerga borishga haqqing yo‘q!” deb”.

Nigora 2023-yil sentabrda Meksikadan AQSHga o‘tgan.

“Aynan bizga [o‘zbeklarga] shunday qilishadi. Keyin tibbiy yordam ko‘rsatish nol darajada. Mening o‘zimni 3-4 soatlab kuttirishgan. 3-4 soat men tibbiy yordam ko‘rsatishlarini kutganman. Faqat shu, o‘zbek, rus, MDH davlatlaridan [kelganlarga munosabat] boshqacha”, - deydi Nigora.

Nyu Jersi shtati mahkamasiga 19-fevral kuni topshirilgan 82 varaqdan iborat da’vo arizasida javobgar tomon sifatida AQSH prezidenti Jo Bayden, Ichki xavfsizlik departamenti kotibi Alexandro Mayorkas, Immigratsiya va bojxona nazorati direktori vazifasini bajaruvchi Patrik Leykxeytnerning ismlari keltirilgan.

"Boshqa migrantlarga berilgan imkoniyat o‘zbeklarga berilmayapti"

Muhojirlarning advokati Abadir Barre AQSHda boshqa mamlakatlardan kelgan migrantlar ega bo‘lgan imkoniyatlar o‘zbeklarga berilmayotganini iddao qiladi.

"Odamlar uchta yo‘l bilan ozodlikka chiqishi mumkin. Birinchisi – siz chegarani qanday kesib o‘tishingizdan qat’i nazar: CBP One yoki devor orqalimi, 90 foiz holatlarda ular muhojirlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olib qo‘yib yuborishadi. Barcha mamlakatlardan kelgan migrantlarni - Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasidan. Bu muddatidan avval shartli ozodlikka chiqarish, deb ataladi. Ammo o‘zbeklarni qo‘yib yuborishmayapti. Bu - huquqbuzarlik. Chunki ular o‘zbeklarga boshqacha muomala qilishyapti. Ikkinchi yo‘li – ularning Amerikada qolish uchun asosi bo‘lsa. Agar sizning so‘zlaringizga ishonishsa, qo‘yib yuborishadi. Ammo o‘zbeklarning ishonchli asosi bo‘lsa ham ushlab turishibdi va bu ikkinchi huquqbuzarlik. Uchinchisi – agar siz birinchi intervyudan o‘ta olmasangiz, sudga murojaat qilishingiz mumkin. Agar sud “Men sizning vataningizga qaytishingiz xafvli ekanligiga ishondim” desa, sizni ozodlikka chiqarishadi. Ammo o‘zbeklarda bu imkoniyat ham yo‘q. Bularning barchasi o‘zbeklar kamsitilayotganini ko‘rsatib turibdi. Hammaga teng muomala qilish kerak, bir mamlakatning fuqarolarini ajratib olib ularga yomonroq munosabatda bo‘lish to‘g‘ri emas", deydi Barre.

Advokatning aytishicha, AQSH hukumati nima uchun o‘zbekistonliklarga nisbatan nazorat kuchaygani to‘g‘risida rasmiy izoh bermagan.

AQSH - Meksika chegarasi, Texas.
AQSH - Meksika chegarasi, Texas.

Sudga murojaat qilgan o‘zbeklarni himoya qilishda Abadir Barrega yordam berayotgan bloger O‘tkir Rahmatullayev oxirgi paytlarda AQSHda o‘zbeklarga nisbatan huquqbuzarliklar avvalgidan ko‘ra ko‘payganini ta’kidlaydi.

Bloger iddaosicha, Meksika orqali AQSHga o‘tishga urinayotgan o‘zbekistonliklarga boshpana berish jarayonidagi bunday siyosat o‘tgan yil sentyabrь oyidan boshlangan.

"Sentabrdan boshlandi [o‘zbeklarni hibsga olish]. Nimaga sentabrdan boshlandi? Chunki avgustda birinchi CNN xabar berdi - o‘zbekistonliklarni o‘rtakashlar bor-ku – yordam beradiganlar odamlarni o‘tkazishga... Shularning ichida har-xil oqimlar, terroristlar bilan aloqasi bor odamlar o‘zbeklarni [Meksikagacha olib kelgan] degan maqola chiqdi. Bu maqoladan keyin [o‘zbeklarni hibsga olish] boshlandi", deydi O‘tkir Rahmatullayev.

O‘tgan yil avgustda CNN kanali va Reyter agentligi qator o‘zbekistonliklar “ISHID”ga aloqador kontrabandachi guruh vositasida AQSHga Meksika chegarasidan kirib kelgani haqida xabar bergan edi.

Nigora ham o‘zbeklarga nisbatan kamsituvchi siyosat o‘tgan yil kuzidan boshlanganini iddao qiladi.

"Binolar bor u yerda [immigratsiya markazida]. Boshqa binodagilar “Nimaga bizni bunday ushlab turibsizlar? Qo‘yib yubormayapsizlar, boshqa davlatlardan: Meksikadan, boshqa lotin amerikaliklarni bir oyda, uch oyda sudsiz bitta intervyu bilan qo‘yib yuboryapsizlar” degan savollarni berishganda, “Chunki sizlar terroristsizlar” deb aytishdi” deyishgandi", ta’kidlaydi Nigora.

"Ortiqcha tekshirishlar"

Nigora AQSH va Meksika chegarasidagi devordan noqonuniy o‘tgan. Bu yo‘ldan foydalanganlarning barchasi AQSHda hibsga olinadi. Ammo, Amerikada 20 yildan beri yashab kelayotgan O‘tkir Rahmatullayevning aytishicha, so‘nggi paytda AQSH-Meksika chegarasidan qonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklarning ham hibsga olinishi kuzatilmoqda.

"Bu ortiqcha tekshirishlar me’yoridan o‘tib ketyapti. Chegarada tekshirishlar boshqa gap. Lekin odamlarning uyiga, saharlab kelib, olib ketishlar... CBP One degan narsa bor, mana shu CBP One orqali kirgan odamlarni ham, hammasi qonuniy... Shu odamlarni ham olib ketgan", deydi Rahmatullayev.

CBP One – AQSH hukumatidan boshpana so‘rash imkonini beruvchi ilova. Ya’ni boshpana olish uchun ishonchli asoslari borlar bu ilova yordamida viza va grin-kartasiz Amerikaga qonuniy kirish mumkin.

Nyu-Yorkdagi o‘zbekistonlik Fotimaning onasi ham Amerikaga CBP One yordamida kirganiga qaramay, oradan ikki oycha o‘tib 51-yoshli muhojir ayol migratsiya xizmatlari tomonidan hibsga olingan.

"Ha 20 tacha politsiya keldi uyga. Taxminan 8 tasi uyga kirdi. “Bu ayol kim bo‘ladi?” dedi. Xo‘jayinim “Bu ayol xotinimning onalari bo‘ladi” dedi. “Hozir biz bilan bo‘limga borasiz, kechqurun qo‘yib yuboramiz” dedi. Keyin shu bilan olib ketishdi. O‘shandan beri mana uch oydirki, hali darak yo‘q qachon chiqishlaridan", deydi Fotima.

АҚШ-Мексика чегарасида қийналган ўзбеклар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:53 0:00

Fotima onasi Amerika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishni istamagan va shu sabab CBP One ilovasi orqali AQSHga o‘tishga ruxsat olish uchun Meksikada 20 kun kutgan.

"Meksikada bir kun yurish ham xatarli. [Onam] 20 kun jonlarini xatarga qo‘yib kutib o‘tirganlar “shu, qonuniy kiray” deb. Nimaga endi qonuniy kirsa ham onamni sababsiz ushlab o‘tirganlaridan hayronman. Mayli “terroristlar” deyishyapti, terroristlarni tekshirish mumkin-ku hozir, 21 asrda yashayapmiz. Agar aloqasi bo‘lsa [bilinar edi-ku]. Undan keyin uch yoki to‘rt marta Federal tergov byurosidan (FBR) kelib so‘roq qilishgan va bitta narsani so‘rashgan: “Qanday qilib kelding?”, “Qaysi yo‘l bilan kelding?”, “Terroristlarga aloqang bormi yoki yo‘qmi? deb", deydi Fotima.

O‘zbekiston fuqarolarini himoya qilayotgan Abadir Barre hozircha sud kuni belgilanmaganini aytadi. Uning aytishicha, tergov ishlari bir necha oy davom etishi mumkin.

O‘tgan yil noyabrida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Meksikadan AQShga noqonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklar ularning immigratsiya ishi hal qilingunicha hibsda saqlanib, AQSH ichkarisiga qo‘yib yuborilmasligi to‘g‘risida xabar bergan edi.

20-dekabrda AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 119 o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarilgan.

O‘zbekiston fuqarolari AQSH chegarasini eng ko‘p noqonuniy kesib o‘tganlar qatorida tilga olinadi.

"Iqtisodiy" muhojirlar

O‘zbekistonlik taniqli bloger, “Shovvozsoy” qarorgohini fosh qilgan Aleksey Garshin AQSHga Meksika orqali kirib boshpana izlayotgan muhojirlardan biri.

“Men sal kam to‘rt oy Meksika chegarasida migratsiya markazida o‘tirib, mana, hozir Kaliforniya shtatida yuribman. Men shu narsaning guvohi bo‘ldimki, AQSHga Meksika orqali o‘tishga harakat qilayotgan o‘zbekistonliklarning to‘qson foizdan ko‘pining bu yerga kelish va yerlashish motivlari - iqtisodiy. Yaxshiroq hayot ilinjida AQSHda o‘rnashish. Buning uchun ular Migratsiya xizmatlariga har xil bahonalarni aytishadi", - deydi Garshin.

AQSHda yashayotgan o‘zbekistonlik tadqiqotchi Bahodir Fayzning aytishicha, so‘nggi paytlarda Turkiya orqali Meksika va u yerdan noqonuniy AQSHga o‘tishga urinayotgan markaziy osiyoliklar soni ko‘paygan.

O‘tgan yili AQSHga Meksika chegarasi orqali 2,5 million noqonuniy muhojir o‘tgan.

Chegara masalasi noyabr oyida AQSHda bo‘ladigan prezidentlik saylovlarida hal qiluvchi masala bo‘lishi kutilyapti.

AQSHga qonuniy yo‘l bilan grin karta olib kelish mumkin.

Har yili 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Amerikada yashash huquqini beruvchi grin-karta lotereyasi o‘yinida qatnashadi.

AQSH Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish byurosining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 62 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yashaydi. Ulardan ikki mingdan ortig‘i AQSH vatandoshligini olgan.

O‘zbeklar eng ko‘p yashaydigan shaharlar Nyu York, San Antonio, Xyuston, Chikago, Filadelfiya ekani aytiladi.

2023-yili O‘zbekiston Green Card yutuqlari bo‘yicha ham yetakchi 10 davlat qatoriga kirdi.

DV-2024 lotereyasi natijalari 2023-yil may oyida e’lon qilingan. Shu bilan birga, 2022-yilda O‘zbekiston Green Card oluvchi davlatlar orasida uchinchi o‘rinni egallagan edi.

XS
SM
MD
LG