Линклар

 
O‘zbek-qozoq chegarasida qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochiladi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:32

O‘zbek-qozoq chegarasida qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochiladi


Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasi. Turkiston viloyati. 3-iyul, 2020-yil.
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasi. Turkiston viloyati. 3-iyul, 2020-yil.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtadagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida to‘rtta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIVning “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvda mazkur tashabbus haqida gapirgan.

Diplomatik missiya rahbari rasmiy Toshkent davlat chegaralaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarini ta’mirlayotgani va bu ham tovar ayirboshlash hajmining oshishiga xizmat qilishini aytgan.

To‘rtta qo‘shimcha savdo yo‘laklari aynan qaysi hududlarda tashkil etilishi ochiqlanmagan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan. Toshkent va Ostona bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish rejasini e’lon qilgan.

Ozodlik fevral oyi boshida o‘zbek–qozoq chegarasidagi “Dovut ota” (“Tajen”) bojxona maskani hamda “G‘ishtko‘prik” bojxona posti 3-4 oy muddatga yopilgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG