Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:57

"O‘zbek tomonida muammo yo‘q". Turkmanlar yana chegaradan o‘tishga qiynalmoqda


Turkman-o‘zbek chegarasi
Turkman-o‘zbek chegarasi

Toshovuz viloyatidagi "Toshovuz-Shovot" chegara punktida turkmanistonlik fuqarolarni O‘zbekistonga kiritmaslik holatlari sezilarli darajada ko‘paydi.

Mahalliy aholi aytishicha, qo‘shni mamlakatga chiqish, asosan, chet elda ishlaydigan turkman muhojirlarining qarindoshlari hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo bilan shug‘ullanuvchi mayda tadbirkorlarga ruxsat etilmayapti.

"Ozodlik" radiosi muxbiri 18-noyabr kuni mahalliy aholi so‘zlariga asoslanib, O‘zbekistonga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar Turkmaniston bojxona xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan tekshirilayotganini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston tomonidan hech qanday muammo yo‘q. O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi ham bir hafta ichida viza bermoqda. Ammo turkmanistonlik bojxonachilar fuqarolarning qarindoshlari Rossiya va Turkiyada noqonuniy ishlayotgani bahonasida ulardan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmoqda va ularni bojxona nazoratidan o‘tkazmayapti,"- dedi ushbu holatga guvoh bo‘lgan toshovuzliklardan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.

Туркманлар қашшоқлик ва қатағондан Ўзбекистонга қочмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:21 0:00

Boshqa talablar qatorida, chiqib ketayotganlardan nikoh guvohnomasi nusxasi, fuqaroning xorijdagi manzili va o‘sha uy egasining pasporti nusxasi talab qilinmoqda. Chet elga ketayotgan aholi bunday hujjatlarni to‘plash uchun bir necha kun yoki hatto haftalar kerak bo‘lishidan shikoyat qilmoqda.

"Aslida, hukumat vakillari turistik viza bilan O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolardan bunday hujjatlarni talab qilishga haqli emas. Bu talablar sababini amaldorlar tushuntirib berishmayapti," - deydi suhbatdoshimiz.

Aholining aytishicha, so‘nggi bir oy ichida o‘nlab turkmanistonliklarning O‘zbekistonga chiqishlari talablarni bajarmaslik bahonasida rad etilgan. Ularning aksariyati xorijdagi turkman mehnat muhojirlari qarindoshlari ekan.

"Turkmaniston bojxona xodimlari yuklari me’yoridan ortiq bo‘lgan fuqarolarga ham bosim o‘tkazmoqda. Ushbu fuqarolarni bojxonachilar savdo-sotiq bilan shug‘ullanib, mamlakatni sharmanda qilayotganlikda ayblamoqda va shu bahona bilan bojxona nazoratidan o‘tkazmayapti," - dedi yana bir turkmanistonlik anonim suhbatda.

Ba’zilar bu holatni "hokimiyatning fuqarolarni mamlakat tashqarisiga chiqishini to‘xtatish istagi" bilan bog‘lamoqda. Boshqalar fikricha, bu "migratsiya va bojxona xodimlarining ochko‘zligi" tufayli bo‘lib, ular shu tariqa odamlardan pora undirmoqda.

"Vositachilar orqali 50 dollar beradigan fuqarolarga hech qanday savol-javobsiz va muammosiz o‘z yuklari bilan bojxonadan o‘tishga ruxsat berilmoqda. Pora evaziga bojxona orqali 50 kg mol go‘shti, bitta televizor, bitta changyutgich, bitta elektr pechka, ya’ni 90 kg gacha yuk o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, ular Turkmanistonda ishlab chiqarilgan qandolat mahsulotlarini olib chiqishlari mumkin," deydi mahalliy aholi vakili.

"Ozodlik" "Toshovuz-Shovot" bojxona punktiga qo‘ng‘iroq qilishga urindi. Ammo 18-noyabr kuni tahririyatning Turkmaniston Davlat bojxona xizmati saytida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish urinishlari natija bermadi.

Turkmaniston va O‘zbekiston rasmiylari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam muzokaralar olib bormoqda. Turkmanistonning hukumatga yaqin nashrlari ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshgani haqida xabar bermoqda.

Shunga qaramay, ikki davlat fuqarolari uzoq yillardan beri sayohat qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

"Президент имиджини бузаётган" туркманларга навбатда туриш тақиқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Chet elga, shu jumladan, O‘zbekistonga ketayotgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Turkmaniston rasmiylari e’lon qilmaydi.

O‘zbekiston Statistika agentligining joriy yil sentyabr oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida Turkmaniston fuqarolari O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallagan. Shu davr ichida O‘zbekistonga 102 ming 900 nafar turkmanistonlik kelgan.

XS
SM
MD
LG