Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

O‘zbekiston Baydenning G‘azoga oid rejasini olqishlaydi


Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi amaliyoti tufayli minglab falastinliklar o‘z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan (illustrativ surat)
Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi amaliyoti tufayli minglab falastinliklar o‘z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan (illustrativ surat)

O‘zbekiston G‘azo sektoridagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha barcha mamlakatlarning xalqaro sa’y-harakatlarini, shu jumladan AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash bo‘yicha tashabbusini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘zining rasmiy telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Savol-javob shaklida e’lon qilingan bayonot mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari G‘azo sektorida tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari bo‘lgan to‘qnashuvlarni diqqat bilan kuzatyapti va bu holat ularni chuqur xavotirga solmoqda.

O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori. Biz barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zo‘ravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz”, deyilgan xabarnomada.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqdagi ziddiyatni hal qilish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etgan edi. Mazkur tashabbusda jumladan olti haftalik otashkesim, garovdagilarning barchasini ozod qilish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo hududidan butunlay olib chiqish, falastinliklarni sektorga qaytarish va G‘azoni tiklash kabilar ham ko‘zda tutilgan.

AQSH va YIda terror tashkiloti deb tan olingan HAMAS guruhi vakillari o‘tgan yil 7-oktyabrida Isroil janubiga hujum qilib, 1200 dan ziyod tinch aholi vakilini o‘ldirgani, 250 dan ziyod kishini garovga olgani ortidan Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlagan.

HAMAS nazorati ostidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning sektordagi harbiy amaliyoti chog‘ida 36 mingdan ziyod tinch aholi vakili nobud bo‘lgani, 80 mingdan ziyod kishi tan jahorati olganini bildirgan. Urush sharoitida bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tekshirish imkoni yo‘q.

XS
SM
MD
LG