Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan past o‘lkalar qatorida qoldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan mamlakatlar safida qoldi. Jahon banki tomonidan yoyinlangan hisobot shundan dalolat bermoqda.

O‘zbekiston 2008-yildan beri daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirolmay keladi.

Jahon banki qaydicha, o‘tgan yili O‘zbekistonda jon boshiga yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi bor-yo‘g‘i 2,3 ming dollarni tashkil etgan.

Qiyos uchun: bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyoda O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘istonda 10,9 ming AQSH dollariga, tobora qashshoqlashib borayotgani aytilayotgan Turkmanistonda esa 7,1 ming AQSH dollariga tengdir.

XS
SM
MD
LG