Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:51

O‘zbekiston-Germaniya sammiti: HRW Sholsni inson huquqlari muammosini ko‘tarishga chaqirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev kansler Olaf Shols bilan. Berlin, 2-may, 2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev kansler Olaf Shols bilan. Berlin, 2-may, 2023

15-sentyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. U va prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tadigan O‘zbekiston-Germaniya sammitida ishtirok etadi. 16-17-sentyabr kunlari esa Ostonada Germaniya – Markaziy Osiyo rahbarlarining birinchi sammiti rejalangan.

Tashrif arafasida Human Rights Watch xalqaro inson haqlari tashkiloti Germaniya kanslerini Markaziy Osiyo liderlari bilan bo‘lajak uchrashuvlarda mintaqadagi inson huquqlari muammosiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Olaf Shols Germaniyaning Markaziy Osiyodagi besh mamlakat rahbarlari bilan sammit o‘tkazish uchun mintaqaga tashrif buyurgan birinchi kansleri sifatida tarixga kiradi. Mazkur sammit orqali iqtisodiyot, energetika va taraqqiyot masalalari bo‘yicha aloqalarni yanada mustahkamlash ko‘zlangan, – deyiladi tashkilotning 12-sentyabrdagi bayonotida. – Agarda Berlin Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtoritar hukumatlari tomonidan inson huquqlari va qonun ustuvorligiga rioya etilishi zaruratiga eng muhim masala deb qarasa, katta ehtimol bilan mintaqada o‘z maqsadlariga erishajak”, deyiladi bayonotda.

Мирзиёев Германияга нима учун борди? - Берлиндан махсус репортаж
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:40 0:00

Rossiya energiya resurslariga qaram bo‘lgan Germaniya 2022-yilda Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan beri boshqa mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo xomashyosiga qiziqish bildirmoqda. O‘tgan yilning sentyabrida Berlinda birinchi Germaniya – Markaziy Osiyo sammiti o‘tkazilgan edi.

Ikkinchi sammit samaradorligini oshirish uchun Shols “o‘z holida hayotiy muhim, ayni chog‘da bunyod bo‘layotgan 'hamkorlik'ning umumiy maqsadlariga eltuvchi yo‘l ham bo‘lmish Markaziy Osiyoda inson huquqlari holatini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi”, deya urg‘ulaydi HRW. Tashkilot mintaqada norozilik bildirish va o‘z fikrini ifodalash erkinligi bo‘g‘ilayotganini, erkin va adolatli saylovlar yo‘qligini, faollar qamoqqa tashlanayotganini, qamoqxonalarda qiynoqlar qo‘llanishini, fuqarolik jamiyati bosimga uchrayotganini, kuchishlatar xodimlar o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishayotganini va ayollar huquqlari cheklanayotganini eslatgan.

“Ushbu muammolarga yechim topilmas ekan, olti lider o‘tgan yilning sentyabrida umumiy ustuvor vazifalar deb belgilab olgan ko‘plab mavzularda biron-bir siljish bo‘lishi mumkin emas”, deydi Human Rights Watch'ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Hyu Uilyamson.

“Germaniya hukumati Markaziy Osiyoda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilanmaguncha mintaqa bilan yanada yaqinlashuv imkoni yo‘qligini inkor etmasligi kerak”, qo‘shimcha qiladi Uilyamson.

"Ноллаштириш" олдидан: Мирзиёев Германияга сафар қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari o‘z hisobotlarida avtokratik rejimlar o‘rnatilgan Markaziy Osiyo davlatlaridagi inson haqlari bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qilib keladi. Mintaqa mamlakatlarining hukumatlari odatda bu kabi tanqidlarga munosabat bildirmaydi.

O‘tgan yil mayida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining hokimiyatda qolish ehtimolini 2040-yilgacha uzaytirgan ziddiyatli referendumdan bir kun o‘tib Germaniyaga safar qilgan edi.

Germaniya tomoni muzokaralarda ikki tomonlama aloqalarga oid masalalardan tashqari, tashqi siyosat, xavfsizlik va mintaqadagi vaziyat muhokama qilinganini bildirgan.

O‘zbek tomoniga ko‘ra esa, Germaniya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratish, integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha yangi mintaqaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlagan.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati shuningdek, oldingi muzokaralarda o‘zaro tovar ayirboshlash, qo‘shma loyihalar sonini oshirish va xususan, O‘zbekistonda Germaniya shirkati bilan hamkorlikda avtomobillar uchun mikrochiplar ishlab chiqarishga kelishilganini ma’lum qilgandi. Bu kelishuvlar qanchalik amalga oshgani ma’lum emas.

Мирзиёев Берлинда. 3-муддат ва микрочиплар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:28 0:00

O‘zbek tomonining bildirishicha, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetgan, buning 4 milliardi oxirgi 6 yilda jalb qilingan.

Germaniya tomoni investitsiyalarga doir rasmiy raqamlarni taqdim etmagan.

Sholsga O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Germaniyaning yirik biznes doiralari vakillari hamrohlik qilmoqda. Prezident Mirziyoyev Berlinga tashrifi chog‘ida nemis sarmoyasiga shaxsan o‘zi kafolat bo‘lishini aytgan esa-da, Germaniyaning yirik shirkatlari O‘zbekistonga sarmoya kiritishga shoshilmayotir.

Ekspertlar fikricha, bunga sabab O‘zbekistonda xususiy mulk daxlsizligi va qonun ustuvorligi hanuz ta’minlanmaganidir.

Tanqidchilarga ko‘ra, G‘arb poytaxtlarida islohotchi rahbar sifatida kutib olinayotgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining ikki prezidentlik muddati davomida islohotlar bo‘yicha bergan va’dalarini bajarmagan, aksincha mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy vaziyat og‘irlashmoqda, hukumatni tanqid qilayotgan faollarga bosim kuchayib borayotir.

XS
SM
MD
LG