Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:37

"O‘zbekiston haqidagi negativ". BBC jurnalisti Feysbukdagi posti uchun IIBga chaqirtirildi


BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo.
BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo.

28-fevral kuni BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Toshkentning Chilonzor tumani IIBga "suhbat"ga chaqirildi. Bu haqda Britaniyada yashayotgan jurnalist o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

Ibrat Safoning ma’lum qilishicha, o‘zbek huquq-tartibot idoralari uning shu yil 1-fevralida Toshkent shahridagi Milliy bog‘da qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqida ijtimoiy tarmoqda qoldirgan posti bilan qiziqmoqda.

Jurnalistning yozishicha, Chilonzor tumani IIO FMBning Jasur ismli xodimi unga internetda O‘zbekiston haqida «negativ» yozgani uchun «Prezident administratsiyasi qoshidagi ommaviy axborot vositalarini monitoring qiluvchi markaz»dan topshiriq olganini aytgan.

Ibrat Safoga ko‘ra, IIO xodimi «O‘zbekiston hukumatini obro‘sizlantirish» haqidagi qonunga ishora qilgan, biroq bu qanday qonun ekanini izohlamagan. Ayni paytda jurnalist o‘z postida biror ism yoki shaxslarni tilga olmaganini ta’kidlaydi.

«Shundan norozi bo‘lishibdi. Jasurning necha yoshligi yo jurnalistika borasidagi bilimini bilmayman, lekin u meni „patriot“ bo‘lmaslikda aybladi va bunday postlarni yozishni to‘xtatishimni buyurdi. U o‘zining „patriot“ ekanini ham aytdi. Aynan qanday mavzularda yozishim mumkinligi haqida maslahat so‘raganimda, javob bermadi. Qachon O‘zbekistonga kelishimni bilishga uringanida, undan aviachipta so‘raganim ham negadir unga yoqmadi. Endi shikoyatini Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natar ekan», — deb yozdi Ibrat Safo.

BBC jurnalisti o‘zining 20 yildan beri Toshkentda yashamasligi, 2017- yildan buyon O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida doimiy ro‘yxatda turishini ma’lum qilgan.

«Meni «topish»dan avval u [militsiya xodimi] ikki marta 68 yashar, nafaqadagi o‘qituvchi opamni bezovta qilgan va Chilonzor tumani «RUVD»siga kelishini aytgan. Men opamga bormang dedim. Londondan telefon qildim», — deb yozdi u.

Ibrat Safo keyinroq ushbu postini o‘chirib tashladi. Post o‘rnida: «Ba’zi protsedural sabablarga ko‘ra, oxirgi postimni hozircha o‘chirdim», degan yozuv paydo bo‘ldi va keyinchalik post yana tiklandi.

Gazeta.uz nashriga ko‘ra, shu yilning 1-fevral kuni poytaxtning sobiq hokimi, Akfa kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 kompaniyasini sotganini ma’lum qilgan. So‘ng tarmoqdagi “Lolazor” podkastida chiqish qilgan sobiq hokim sotgan shirkatlarining 12 ta ekaniga urg‘u bergan.

Ortiqxo‘jayev sanagan shirkatlar orasida 2021-yil iyun oyida Milliy bog‘ o‘rnida ochilgan Magic City parki ham bor edi. Loyihaning investori Akfa tarkibiga kiruvchi Stargate Systems bo‘lib, kompaniya Toshkent markazidagi 20,79 gektar xiyobon hududini 49 yillik ijara bilan o‘ziga rasmiylashtirgan.

Gazeta.uzning yozishicha, ustav kapitali 426,9 milliard so‘m bo‘lgan Stargate Systems kompaniyasi ta’sischilari Tashkent Aquarium (86,2 foiz) va O‘zbekiston prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning (J. Ortiqxo‘jayevning qudasi) o‘g‘li Alisher Abdujabborovich Abduvohidov (13,8 foiz) ekani aniqlangan.

Shuningdek, Alisher Abduvohidov Tashkent Aquarium`ga to‘la egalik qiladi (100 foiz), shuningdek, Artel Technical School va boshqa korxonalarda ulushlarga ega.

BBC O‘zbek xizmati 2018-yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan va O‘zbekistonda o‘z muxbiriga ega.

Undan oldinroq O‘zbekiston hukumati BBC O‘zbek xizmati kontentiga qo‘yilgan to‘siqni olib tashlagandi.

Референдум арафасида: Танқидий пост қўйганлар “суҳбат”га чақиртирилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:07 0:00

"Profilaktik suhbat"lar

O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarning ichki ishlar va xavfsizlik idoralariga chaqirilishi noodatiy bo‘lmasa-da, aksariyat tarmoq faollari BBC jurnalistining bu kabi "suhbat"ga chaqirilishidan taajjub izhor qilishdi.

"Eski O‘zbekistonda bo‘lmagan ishlar yangi O‘zbekistonda bo‘lyapti", deb yozdi Ibrat Safoning posti ostida izoh qoldirgan Narimon Bek ismli Facebook foydalanuvchisi.

O‘zbekiston rasmiy idoralari bu borada biron izoh bergani yo‘q.

28-fevral kuni shuningdek, "Gos Djelsomino" kanali asoschisi Rinat Sagitov o‘zining Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIO FMBga profilaktik suhbat uchun chaqirilganini xabar qildi.

Men "suhbat"ning ma’nosi va mavzusini oshkor qilmaslikka va’da berdim. "Profilaktik suhbat" mening kanalim va ba’zi nashrlar bilan bog‘liq edi. Oddiy va muloyim suhbatlashdik. Meni qiynoqqa solishmadi, haqorat qilishmadi, kamsitishmadi”, deb yozdi "Golos Djelsomino" kanali asoschisi Rinat Sagitov.

Sagitovga ko‘ra, uni biror marta uyidagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari olib ketishmagan. U shu paytga qadar tergov qilinmagan, sudlanmagan, shu boisdan xavotirlana boshlaganini e’tirof etadi.

“Militsiya xodimi kelib, u bilan birga militsiya bo‘limiga borishimni so‘raganida, men izsiz, yerto‘lalarda g‘oyib bo‘lishni yoki yolg‘on jinoyat bilan tuhmat qilinishini xohlamadim va shuning uchun ovozli xabar qoldirdim” deyiladi Sagitovning o‘z sahifasidagi postida.

Rinat Sagitov militsiyaga olib ketilishi ortidan qo‘yilgan posti BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissariyati, Ombudsman va boshqa fuqarolik jamiyati faollarining ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarida muhokama mavzusiga aylandi.

Ma’muriy ta’qib

Surxondaryo viloyati Uzun tumani IIBning ismi sir qolishini istagan xodimiga ko‘ra, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i faoli G‘ayrat Norqobilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 202(2)-moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ma’muriy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Uzun tumani sudida 2024-yilning 29-fevralida ko‘rib chiqilishi belgilangan. IIB xodimiga ko‘ra, G‘ayrat Norqobilov "ijtimoiy tarmoqlarda negativ materiallar yozib, prezident va uning siyosatini obro‘sizlantirgan".

IIBdagi manbaning aytishicha, Norqobilov 2023-yilda norasmiy "Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik" demokratik partiyasiga imzolar to‘plash, partiya tarafdorlarini faollikka targ‘ib qilgan. DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasida to‘plangan materiallarga ko‘ra, unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

G‘ayrat Norqobilov Ozodlik bilan suhbatda Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘z erkinligi borasidagi islohotlari ortga qaytmas ekaniga ishonishini, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarida biror bir shaxsni haqorat qilmagani, kimgadir tuhmat qilmaganini aytdi.

Faolga nisbatan ma’muriy ish tasdiqlangan taqdirda u qonunga muvofiq. bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Oxirgi bir yilda O‘zbekistonda o‘ndan ortiq bloger va tarmoq faollari ta’magirlik va prezidentni haqorat qilish ayblari bilan uzoq yillik qamoq jazolariga mahkum etilgan.

2023 якуни: Блогерларни қамаш йили
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:01 0:00

Rasmiylar blogerlar kasbiy faoliyati uchun emas, balki aksar hollarda iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilganini urg‘ulashadi.

Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti o‘tgan oy e’lon qilgan yillik hisobotda O‘zbekistonda 2023-yilda inson huquqlari vaziyati sezilarli darajada yomonlashganini qayd etgan.

Tashkilotga ko‘ra, yil davomida blogerlar va jurnalistlarning jinoiy ta’qib etilgani mamlakatdagi so‘z va fikr erkinligiga jiddiy zarba bergan.

O‘zbekiston o‘tgan yili “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha reytingida 2022-yilgidan 4 pog‘onaga pastlab, 137-o‘ringa tushgan. Mamlakatda matbuot erkinligi ahvoli “qiyin” deb baholangan.

XS
SM
MD
LG